DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi

“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1836-son qarori asosida hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi Nizomi"ga asosan o‘z faoliyatini olib boradi.

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Bo‘limning vazifalari:

Davlat test markazida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlar majmuini ishlab chiqadi;

axborot tizimlari va resurslarining axborot-texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini ta’minlash, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish, hamda ma’lumotlar bazalarini yaratishni ta’minlovchi infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish;

Davlat test markazining barcha bo‘linmalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va rivojlantirish jarayonlarini me’yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahlil ma’lumotlar bilan ta’minlash;

Davlat test markaz rasmiy veb-sahifasini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini ta’minlash;

idoraviy axborot resurslari va axborot tizimlarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmasini joriy etish va rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishdan iborat.

Bo‘limning funktsiyalari:

Davlat test markazida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, dasturiy mahsulotlardan va ma’lumotlarni qayta ishlovchi apparat vositalaridan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash va ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va Davlat test markazi rahbariga taqdim etish;

Davlat test markazining biznes-reja va xarajatlar smetalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlarini joriy etish va rivojlantirish va xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha alohida bandlar ko‘rsatish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

Davlat test markazining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;

Davlat test markazining lokal tarmog‘ini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmog‘ini, dasturiy-apparat vositalari, ma’lumotlar almashish va saqlash vositalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining vakolati doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha sohalariga axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari, axborot tizimlari va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash;

Davlat test markazining veb-resurlarini ma’lumotlar bilan to‘ldirish, tuzilmasini, tarkibini va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishni tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ijrosi yuzasidan axborot kiritib borish;

Davlat test markazining faoliyati yo‘nalishlarida statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlar banklarini yaratish;

Davlat test markazida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha kadrlarning malakasini oshirishning va tayyorlashning samarali tizimlarini yaratishdan iborat.

 

Yuklab olish  (PDF, 11KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma