DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi

Savol: Professor-o‘qituvchi va o‘qituvchi chet tilini bilish va egallash darajasi haqidagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lsa, oylik maoshiga ustama olish uchun chet tilini bilishni aniqlash bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sin
Javob:

Professor-o‘qituvchi va o‘qituvchi chet tilini bilish va egallash darajasi haqidagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lsa ham oylik maoshiga ustama olish uchun test sinovidan o‘tishi talab etiladi. Chunki chet tilini bilish darajasiga malaka sertifikat berish bo‘yicha test topshiriqlari “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalari”, “yozish” va “gapirish” bo‘limlaridan iborat. Oylik ustama belgilash uchun yuqorida qayd etilgan bo‘limlardan tashqari o‘qituvchilarning “chet tilini o‘qitish metodikasi” bo‘limi bo‘yicha ham bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Savol: Chet tili professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilashda nimalarga e'tibor qaratiladi?
Javob:

Professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilashda quyidagilar majburiydir:

a)  asosiy ish joyidan ajralmagan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo‘yicha belgilangan tartibga malaka oshirish;

b) zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovidan o‘tish;

c) malaka oshirish to‘g‘risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.   

Savol: Agarda chet tili professor-o‘qituvchisi va o‘qituvchisida chet tilini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatlar bo‘lsa ustama olish uchun test sinovidan o‘tishi kerakmi?
Javob:

Professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarda International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language (TOEFL) DELE (ispan tili chet tili sifatida), DELF (fransuz tili chet tili sifatida), SILS (italyan tili chet tili sifatida),  Test DAFT (nemis tili chet tili sifatida)  va boshqa xalqaro sertifikalar bo‘lsa ham ustama olish uchun Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovidan o‘tishi talab etiladi.

Savol: Chet tili fani professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash uchun test sinovlari qachon o‘tkaziladi?
Javob:

Chet tili fani professor-o‘qituvchilari va o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish muddati haqida DTMning saytida e'lon qilinadi, hozirgi kunda ustama olish uchun test sinovidan o‘tmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilardan arizalar qabul qilinmoqda. Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.dtm.uz saytidan olishingiz mumkin.

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 111
Yakunlangan 95
Qayta ishlash jarayonida 4
Rad etildi 12
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 601
Yakunlangan 601
(10.07.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


DC ABITUR


QABUL 2017

ABITURIYENT INFO


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma