DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi


Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi tashkil etildi.

         Boshqarma tarkibida uchta bo‘lim: Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish, Chet tillarini bilish darajasini baholashning texnik-dasturiy ta'minotini rivojlantirish, Test sinovlarini tashkil etish va malaka sertifikatlarini berish bo‘limlari tashkil etildi.

         Boshqarmaning asosiy vazifasi – xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimini ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat.

Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi

             Bo‘limning asosiy vazifasi xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq  chet tillarni bilish darajasini aniqlashning Milliy test tizimining pedagogik o‘lchovlarini ishlab chiqish hamda rivojlantirishdan iborat.

             Bo‘limning funksiyalari quyidagilardan iborat:

baholash vositalarni ishlab chiqishning umumiy talablarini belgilaydi hamda joriy etadi;

chet tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi;

chet tillarni bilish darajasini baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha mustaqil ekspertlardan, yetakchi pedagog-mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni tashqil etadi;

baholash vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhlar uchun  maxsus treninglar o‘tkazadi;

baholash vositalarining spetsifikatsiyalarini ishlab chiqadi;

spetsifikatsiyalar asosida baholash vositalarini ishlab chiqadi;

ijodiy guruhlar ishtirokida baholash vositalarini muhokama qiladi va o‘zgartirishlar qiritadi;

chet tillarni bilish darajasini baholash vositalarini aprobatsiyadan o‘tkazadi;

aprobatsiya natijalarini statistika asosida didaktik taxlil qiladi;

aprobatsiyadan muvaffakiyatli o‘tgan baholash vositalarini spetsifikatsiya asosida elektron bazasini tashkil etishda ishtirok etadi;

chet tili bo‘yicha davlat ta'lim standartlarini o‘rganadi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlaydi;

baholash vositalarini ishlab chiqishda xalqaro tajribalarni, xorijiy o‘quv-markazlarining tajribasini o‘rganadi;

chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni va uslubiy asoslari (nizom, tartib, yo‘riqnoma, mezon, shakl, jadval, uslubiy tavsiyanoma, dasturlar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Test sinovlarini tashkil etish va malaka  sertifikatlarini berish bo‘lim

Bo‘limning asosiy vazifalari:

xalqaro e'tirof etilgan standartlarning talablariga muvofiq chet tillarni bilish darajasini aniqlash maqsadida kompleks test sinovi o‘tkazishni tashkil etish;

davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berish.

Bo‘limning funksiyalari quyidagilardan iborat:

chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha kompleks sinovlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi;

chet tilini bilish va egallash darajasini tasdiqlaydigan davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatlarini berish tartibini ishlab chiqadi;

o‘rganuvchilarning mustaqil ravishda chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun testga tayyorlanish bo‘yicha zarur ma'lumotlarni tayyorlaydi va Internet tarmog‘iga joylashtiradi;

DTMning byudjetdan tashqari daromadlari hisobidan ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etadi;

chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash uchun kompleks sinovlarini tashkil etadi;

talabgorlarga kompleks sinovi natijalari asosida chet tilini bilish darajasiga davlat namunasidagi sertifikat rasmiylashtiradi, tarqatadi, setifikatlarning qat'iy nazoratini olib boradi;

davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatlarining reestrini yuritadi;

kompleks sinovdan o‘tib, chet tilini bilish darajasiga malaka sertifikat olmoqchi bo‘lganlarning arizasini qabul qiladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi;

kompleks sinovidan o‘tadigan nomzodlarning ro‘yxatini shakllantiradi, kompleks sinovini o‘tkazish jadvalini tuzadi;

test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta'minlashda ishtirok etadi;

test sinovlariga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayoniga tashkiliy- uslubiy hamda amaliy rahbarlik qiladi;

kompleks sinovini o‘tkazish uchun jalb etiladigan nazoratchilar uchun seminarlar tashkil etadi;

kompleks sinovini o‘tkazish uchun jalb etiladigan nazoratchilar haqida ma'lumotlar bazasini shakllantiradi;

kompleks sinovlarini tashkil etishga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqadi va nashr etishda ishtirok etadi;

sinov materiallari mazmunini maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini bajaradi;

komleks sinovi xizmatidan foydalanuvchilarning taklif va talablarini o‘rganadi, tahlil qiladi, umumlashtiradi va tavsiyalar ishlab chiqadi, Boshqarmaga taqdim etadi;

davlat namunasidagi sertifikatni ishlab chiqish bo‘yicha vakolatli idoralarga buyurtma beradi;

talabgorlarga kompleks sinovi natijalari asosida chet tilini bilish darajasiga davlat namunasidagi sertifikat rasmiylashtirish, ro‘yxatga olish va uning qat'iy nazoratini olib borish;

Boshqarma materiallarining belgilangan tartibda saqlanishini ta'minlaydi.

 

Yuklab olish  (PDF, 16KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
May 2017
 
DuSeChPaJuShYa
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI

To`g`ridan to`gri (maxsus sinovlarsiz) Nostrifikatsiyalanadigan OTMlar ro`yxati


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma