DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Tadbirlar

RSS
  • Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Davlat test markazida 2016-yil 9-iyun kuni mustaqilligimizning shonli 25-yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston demokratik jamiyat qurish yo‘lida – 25 yil” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Shirinov Jahongir Jabborovich ishtirok etdi. J.J.Shirinov mamlakatda qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishining me’yoriy-huquqiy asoslari, shuningdek, 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining davlat va jamiyatdagi o‘rni, mazmun mohiyati, uning ijrosini ta’minlash tamoyillari bo‘yicha nutq so‘zladi.

    Davra suhbati mazkur qonun doirasida batafsil ma’lumotlar kiritilgan ko‘rgazmali qurollar asosida qiziqarli, ochiq muloqot ruhida va savol-javob tarzida o‘tdi.

    Suhbat yakunida J.J.Shirinov va Davlat test markazi xodimlari tomonidan bunga o‘xshash davra suhbatlarining tez-tez o‘tkazib turilishiga kelishib olindi.

     2016-06-13

    Прочитали: 237

    to'liqroq
  • Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish

    2016 yil 17 fevral, 2 va 9 mart kunlarii Davlat test markazi binosida “Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda Toshkent shahri va viloyatlardan umumiy o‘rta, maktabgacha ta'lim turi bilan shug‘ullanuvchi nodavlat ta'lim muassasalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

    Seminarda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi “Nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 100-son qarori amalda”, “Litsenziya bitimiga asosan litsenziat tomonidan majburiyatlarni bajarilishi, Nodavlat ta'lim muassasalari va Davlat test markazi o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvini ON-LINE tarzida yo‘lga qo‘yish” mavzularida ma'ruzalar bo‘ldi. Seminar davomida nodavlat ta'lim muassasalari faoliyati haqidagi ma'lumotlarni ON-LINE tarzida elektron bazaga kiritish va ma'lumotlar almashish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi va litsenziatlarni qiziqtirgan barcha savollarga Davlat test markazi raxbariyati hamda tegishli bo'linma boshliqlari va soha vakillari tomonidan javoblar berildi.

    Yuklab olish (PDF, 48Kb)

     2016-03-20

    Прочитали: 362

    to'liqroq
  • Birlashgan millatlar tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining elektron xukumat bo‘yicha katta xududlararo maslahatchisi Richard Kerbi bilan uchrashuv

    O‘zbekiston “Aloqa tarixi muzeyi”da Vazirlar Mahkamasi xuzuridagiDavlat test markazi rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida Birlashgan millatlar tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining elektron xukumat bo‘yicha katta xududlararo maslahatchisi Richard Kerbi bilan davra suhbati o‘tkazildi.

    Davra suhbatida janob Richard Kerbi O‘zbekistonda elektron xukumat tizimini rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, jumladan ta'lim tizimiga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi oshirish, davlat organlari veb-saytlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish, ochiq ma'lumotlar to‘plamlarini joylashtirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

    O‘z navbatida Davlat test markazi direktor o‘rinbosari K.Xakberdiev markaz rasmiy veb-sayti orqali abiturientlar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar va 2013-2015 yillarda oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha tahliliy ma'lumotlarga to‘xtalar ekan, kelajakdagi axborot-kommunikatsiya sohasidagi amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalar haqida axborot berdi.

    Davra suhbati samimiy va o‘zaro savol javoblar tarzida o‘tkazildi.

     

    Yuklab olish (pdf, 12Kb)

     2015-09-18

    Прочитали: 637

    to'liqroq
  • Uchrashuvlar. Korrupsiyaga qarshi kurash

    Davlat test markazida 2015 yil 5 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminalistika” kafedrasi professori Baxrom Asrorov bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashning muhim ahamiyati” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu  uchrashuv mutaxassislarning huquqiy ongini oshirishga, respublikada korrupsiyaga qarshi kurash olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchaga ega bo‘lishga yordam berdi. Uchrashuvda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovi jarayonida uchraydigan muammoli vaziyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqidagi savollar muhokama qilindi.   

     2015-06-18

    Прочитали: 751

    to'liqroq
  • “Tayanch maktablarda chet tili o’qituvchilari uchun haftalik kurslarni tashkil etishda trener-o’qituvchilarning vazifalari” mavzusida o’quv seminari tashkil etildi

    2015 yil 3 mart kuni Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Tayanch maktablarda chet tili o’qituvchilari uchun haftalik kurslarni tashkil etishda trener-o’qituvchilarning vazifalari” mavzusida o’quv seminari tashkil etildi. Seminarda Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o’lchovlarini rivojlantirish bo’limi bosh mutaxassisi K.Jalilov Davlat Test Markazi tomonidan tayyorlangan “Chet tillar o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlariga tayyorlanish uchun metodik qo‘llanma”ning ikkinchi, qayta ishlangan nashri taqdimotini o’tkazdi.

     

    Yuklab olish (pfd, 69kb)

     2015-03-18

    Прочитали: 1105

    to'liqroq
  • Chet tillar o’qituvchilarining pedagogik mahorati va malakasini oshirish bo’yicha trenerlar tayyorlash dasturining muhokamasiga oid seminar-trening bo’lib o’tdi

    2015 yil 30 yanvar kuni Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti negizida chet tillar o’qituvchilarining pedagogik mahorati va malakasini oshirish bo’yicha trenerlar tayyorlash dasturining muhokamasiga oid seminar-trening bo’lib o’tdi. O’zDJTU va Toshkentdagi Singapur menejmnentni rivojlantirish instituti mutaxassislari qatnashgan seminarda trenerlar bilan nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha takliflar berildi. Seminarda Davlat test markazi Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o’lchovlarini rivojlantirish bo’limi boshlig’i E.Urayeva va bo’lim bosh mutaxassisi K.Jalilov ishtirok etishdi. 

    Yuklab olish (pfd, 72kb)

     2015-03-18

    Прочитали: 908

    to'liqroq
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar

    2014 yil 28 may kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida Davlat test markazi tomonidan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Anjumanda pedagog kadrlari attestatsiyasi yakunlari va undan kelib chiqadigan xulosalarga oid ma'ruza tinglandi.

    Ma'ruzachi: Uzluksiz ta'lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Q.Baymirov.

    Ma'ruzada Xalq ta'limi vazirligi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid ma'lumotlar berildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida Muvofiqlashtiruvchi 14 ta komissiya – oliy malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limlarida 195 ta komissiya – birinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi;

    umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 9685 ta komissiya – ikkinchi malaka toifasiga da'vogarlar attestatsiyasini o‘tkazishi aytib o‘tildi.

    Pedagog kadrlarga malaka toifalari 5 yil muddatga berilishi va ularga sertifikat topshirilishi haqida ham ma'lumotlar berildi.

    Komissiyalar tomonidan 2011-2013 yillar davomida 240641 nafar xalq ta'limi tizimi pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog xodimlari attestatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilishi hamda pedagog xodimlarga bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari 3 yil muddatga berilishi va ularga guvohnoma topshirilishi haqida ma'lumotlar berildi.

    2011-2014 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 65070 nafar pedagog xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilgan.

    Anjumanda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan savollar berildi va ularga javoblar qaytarildi.

    Jumladan, malaka toifalari va sertifikatlarning ahamiyati, malaka sinovlarining o‘tkazilishi, pedagog kadrlarning attestatsiyadan xabordor qilinishiga oid savollar berildi.

    Komissiya pedagog kadrlarga malaka toifalari berilganligi haqida xulosa qabul qiladi va xulosalar attestatsiya varaqasi hamda bayonnomaga rasmiylashtiradi. Sertifikatlar qat'iy hisobda turadigan, himoya va seriya raqamiga ega hujjat hisoblanishi va 5 yil muddatga berilishi, oliy, birinchi va ushbu malaka toifalariga da'vogarlarning malaka sinovlari Davlat test markazi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanishi hamda pedagog kadrlarga bir oy oldin attestatsiyadan o‘tishi haqida ma'lum qilinishi haqida ma'lumotlar berildi.

    Yuklab olish  PDF, 10 Kb

     2014-05-30

    Прочитали: 1118

    to'liqroq
  • “O‘zbekiston Respublikasida huquqiy fanlar o‘qitish tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1990-sonli Qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Bosh prokuraturaning majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasida huquqiy fanlar o‘qitish tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

    Ilmiy-amaliy konferensiyada Davlat test markazi direktor o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i v.b. B. Nazarov ishtirok etdi va Oliy ta'lim muassalarida huquqiy fanlarni o‘qitish tizimini takomillashtirish” mavzusida ma'ruza qildi.

     2014-05-23

    Прочитали: 1105

    to'liqroq
  • Nostrifikasiyalash bo’yicha maxsus sinovlarni o’tkazish va ekspert komissiyalarining yig’ilish jadvali

     

    2014 yilda har haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari soat 10-00 dan 16-00 gacha Davlat test markazi (DTM)da xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) masalalari bo‘yicha fuqarolar qabul qilinadi.

    Hujjat egasi yoki manfaatdor tashkilot xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va ularning ekvivalentligini qayd etish haqidagi ariza (bevosita DTMda to‘ldiriladi) bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

    ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasini asl nusxasi;

    ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasini O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.

    Ariza beruvchi, shuningdek, o‘z tayyorgarligi haqida boshqa hujjatlarni, jumladan, ta'lim olishning keyingi darajalari, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mum­kin­ligi, amaliy tajriba haqidagi qo‘shimcha hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin. Tan olish va ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan taqdim etilishi lozim.  Lozim bo‘lgan hollarda DTM tomonidan tegishli o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlar so‘rab olinishi mumkin.

    Hujjatlar DTM huzurida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi va Adliya vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashkil etiladigan ekspert komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ekspertiza davlat ta'lim standartlari, ta'lim muassasasini o‘zlari joylashgan davlatlarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish haqidagi hujjat, o‘quv rejalari, fan dasturlari, malaka tavsifnomalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki uni rad etish haqida tegishli qaror qabul qilinadi.

     

    Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha ekspert komissiyalarining yig‘ilish o‘tkaziladigan kunlari va maxsus sinovlarni o‘tkazish kunlari jadvali

     

    Ekspert komissiyasining nomi

    Ekspert komissiyasi yig‘ilish o‘tkaziladigan kunlar va boshlanish vaqti

    Maxsus sinov o‘tkaziladigan kunlar va sinovning boshlanish vaqti

    “Huquqshunoslik” sohasi bo‘yicha ekspert komissiyasi

    2014 yil 27 yanvar, 24 fevral, 24 mart, 21 aprel, 26 may,

    23 iyun, 22 sentyabr,

    27 oktyabr, 24 noyabr, 22 dekabr kunlari

    soat 16-00da

    2014 yil 27 yanvar, 24 fevral, 24 mart, 21 aprel, 26 may,

    23 iyun, 22 sentyabr,

    27 oktyabr, 24 noyabr,

    22 dekabr kunlari

    soat 14-00da

    “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot” sohasi bo‘yicha ekspert komissiyasi

    2014 yil 28 yanvar, 25 fevral, 25 mart, 22 aprel, 27 may,

    24 iyun, 23 sentyabr,

    28 oktyabr, 25 noyabr,

    23 dekabr kunlari

    soat 15-00da

    2014 yil 28 yanvar, 25 fevral, 25 mart, 22 aprel, 27 may,

    24 iyun, 23 sentyabr,

    28 oktyabr, 25 noyabr, 23 dekabr kunlari

    soat 14-00da

    “Iqtisodiyot” ijtimoiy ta'minot” sohasi bo‘yicha ekspert komissiyasi

    2014 yil 29 yanvar, 26 fevral, 26 mart, 23 aprel, 28 may,

    25 iyun, 24 sentyabr,

    29 oktyabr, 26 noyabr,

    24 dekabr kunlari

    soat 16-00da

    2014 yil 29 yanvar, 26 fevral, 26 mart, 23 aprel, 28 may,

    25 iyun, 24 sentyabr,

    29 oktyabr, 26 noyabr, 24 dekabr kunlari

    soat 14-00da

    “Qishloq ho‘jaligi, muxandislik, ishlov berish va qurilish sohalari” bo‘yicha ekspert komissiyasi

    2014 yil 30 yanvar, 27 fevral, 27 mart, 24 aprel, 29 may,

    26 iyun, 25 sentyabr,

    30 oktyabr, 27 noyabr,

    25 dekabr kunlari

    soat 15-00da

    2014 yil 30 yanvar, 27 fevral, 27 mart, 24 aprel, 29 may,

    26 iyun, 25 sentyabr,

    30 oktyabr, 27 noyabr,

    5 dekabr kunlari

    soat 14-00da

    “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohasi bo‘yicha ekspert komissiyasi

    2014 yil 31 yanvar, 28 fevral, 28 mart, 25 aprel, 30 may,

    27 iyun, 26 sentyabr,

    31 oktyabr, 28 noyabr,

    26 dekabr kunlari

    soat 14-00da

    2014 yil 31 yanvar, 28 fevral, 28 mart, 25 aprel, 30 may,

    27 iyun, 26 sentyabr,

    31 oktyabr, 28 noyabr, 26 dekabr kunlari

    soat 10-00da

    Izoh: Ekspert komissiyalarining yig‘ilishlari va maxsus sinovlar DTM binosida o‘tkaziladi. Belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar sinovga kiritilmaydi.

    Maxsus sinovlarda va ekspert komissiyasi yig‘ilishlarida qatnashishga ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqarolar DTM direktori nomiga o‘zlarining pochta indekslari, uy manzili, bog‘lanish telefoni, o‘qigan ta'lim muassasasining nomi, mutaxassisligi, DTMdan berilgan tilxat raqami hamda sinovni qaysi tilda topshirishini aniq ko‘rsatgan holda belgilangan kundan kamida bir hafta oldin ariza berishlari lozim. Arizalar pochta yoki faks orqali ham yuborilishi mumkin. Ro‘yxatga kiritilgan talabgorlar pasport hamda DTMdan berilgan tilxatni shaxsan taqdim etgan holda sinovga va ekspert komissiyasi yig‘ilishlariga qo‘yiladilar.

    Maxsus sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqt ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun belgilangan muddatga kirmaydi.

     

    DIQQAT!

    1.    1992 yil 1 yanvardan keyin xorijiy davlatlar ta'lim muassasalariga o‘qishga kirib, “BOShLANG‘ICh TA'LIM MeTODIKASI” va “TARIX” ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha olingan diplomlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari va ta'limga oid huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi sababli O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinmaydi va nostrifikatsiya qilinmaydi.

    2.    2004 yil va undan keyin xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirgan fuqarolarning diplomlari O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinmaydi va nostrifikatsiya qilinmaydi.

    3. Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash bo‘yicha “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohasi ekspert komissiyasining 2013 yil 1 noyabrdagi qaroriga asoan 2014 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zbekiston tarixi” fanidan 55 baldan past ball to‘plagan talabgorlar “Og‘zaki suhbat”ga kiritilmaydi. 

     

     

    Государственный центр тестирования при Кабинете Министров Республики Узбекистан 

    ОБЪЯВЛЯЕТ

    В Государственном центре тестирования (ГЦТ) в 2014 г. еженедельно во вторник, в среду и четверг с 10-00 до 16-00 осуществляется прием граждан по вопросам признания и нострификации (установления эквивалентности) документов об образовании, выданных в зарубежных странах.

    Обладатель документа или заинтересованная организация вместе с заявле­нием (заполняется непосредственно в ГЦТ) о признании и установлении эквивалентности документов об образовании, выданных в зарубежных странах, представляет следующие документы:

    - оригиналы документа об образовании и приложения к нему;

    - нотариально заверенный перевод на государственный язык Республики Узбекистан документа об образовании и приложения к нему.

    Заявитель вправе представить также другие документы о своей подготовке, в том числе документы о последующих уровнях образования, о допуске к профессиональной деятельности, практическом опыте. Материалы, необходимые для признания и установления эквивалентности, представляются вместе с нотариально заверенным переводом на государственный язык Республики Узбекистан. ГЦТ при необходимости может запрашивать также уточняющую документацию от соответствующего образовательного учреждения, местных и зарубежных организаций.

    Документы рассматриваются экспертными комиссиями, создаваемыми при ГЦТ совместно с Министерством высшего и среднего специального образования, Министерством народного образования, Министерством юстиции и другими заинтересован­ными министерствами и ведомствами. Экспертиза производится на основе государственных образовательных стандартов, документа об аккредитации образовательного учреждения в установленном в своей стране порядке, учебных планов, программ дисциплин, квалификационных характеристик и других нормативных актов Республики Узбекистан. Решение об эквивалентности документа об образовании или об отказе в этом принимается в срок не более одного месяца со дня представления всех необходимых документов.

     

    График проведения специальных испытаний и заседаний экспертных комиссий по признанию и нострификации (установления эквивалентности) документов об образовании, выданных в зарубежных странах

     

    Экспертные комиссии

    Дата заседаний Экспертные комиссии

    Дата проведения специальных испытаний

    Юриспруденция

    27 января, 24 февраля, 24 марта, 21 апреля, 26 мая, 23 июнь, 22 сентября,

    27 октября, 24 ноября,

    22 декабря 2014 года

    в 16-00

    27 января, 24 февраля, 24 марта, 21 апреля, 26 мая, 23 июнь, 22 сентября,

    27 октября, 24 ноября, 22 декабря 2014 года

    в 14-00

    Здравоохранение и социальное обеспечение

    28 января, 25 февраля, 25 марта, 22 апреля, 27 мая, 24 июнь, 23 сентября,

    28 октября, 25 ноября, 23 декабря 2014 года

    в 15-00

    28 января, 25 февраля, 25 марта, 22 апреля, 27 мая, 24 июнь, 23 сентября, 28 октября, 25 ноября,

    23 декабря 2014 года

    в 14-00

    Экономика

    29 января, 26 февраля, 26 марта, 23 апреля, 28 мая, 25 июнь, 24 сентября, 29 октября, 26 ноября,

    24 декабря 2014 года

    в 16-00

    29 января, 26 февраля, 26 марта, 23 апреля, 28 мая, 25 июнь, 24 сентября, 29 октября, 26 ноября,

    24 декабря 2014 года

    в 14-00

    Сельское хозяйство, инженерные, обрабатывающие и строительные отрасли

    30 января, 27 февраля, 27 марта, 24 апреля, 29 мая, 26 июнь, 25 сентября, 30 октября, 27 ноября,

    25 декабря 2014 года

    в 16-00

    30 января, 27 февраля, 27 марта, 24 апреля, 29 мая, 26 июнь, 25 сентября,

    30 октября, 27 ноября, 25 декабря 2014 года

    в 14-00

    Подготовка учителей и педагогические науки

    31 января, 28 февраля, 28 марта, 25 апреля, 30 мая, 27 июнь, 28 сентября,

    29 октября, 28 ноября, 26 декабря 2014 года

    в 14-00

    31 января, 28 февраля, 28 марта, 25 апреля, 30 мая, 27 июнь, 28 сентября,

    29 октября, 28 ноября, 26 декабря 2014 года

    в 10-00

     

    Примечание: заседания Экспертных комиссий и специальные испытания проводятся в здании ГЦТ. Опоздавшие претенденты на специальные испытания не допускаются.

     

    Для участия в специальных испытаниях и заседаниях комиссий гражданам не позднее, чем за неделю до их проведения, необходимо представить заявление на имя директора ГЦТ с указанием почтового индекса, домашнего адреса, контактного телефона заявителя, названия образовательного учреждения, специальности по диплому, номера расписки ГЦТ о приеме документов и языка, на котором должно быть проведено испытание. Заявления могут быть отправлены также по почте или факсу. Лица, включенные в список, допускаются к испытаниям по предъявлении паспорта и расписки ГЦТ о приеме документов.

     

    Время, требуемое для организации и проведения специальных испытаний, не входит в срок, установленный для принятия решения об эквивалентности документа об образовании или об отказе в этом.

     

    ВНИМАНИЕ!

    1.     Ввиду несоответствия требованиям Государственных образовательных стандартов и нормативно-правовых документов образования Республики Узбекистан, документы об образовании, полученные в зарубежных странах (поступившими на учебу после 1 января 1992 года) по направлениям ИСТОРИЯ, НАЧАЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ, не нострифицируются.

    2.                Документы об образовании лиц, поступивших на заочные отделения зарубежных учебных заведений в 2004 году и позже, не признаются и не нострифицируются в Республике Узбекистан.

    3. На основания решениям экспертной комиссии по признанию и нострификации документов об образовании, выданных в зарубежных странах по направлению «Подготовка учителей и педагогические науки» от 01.11.2013 года с января 2014 года набравшие балы меньше от 55 балов по «Истории Узбекистан не допускаются на собеседование.

     

    Yuklab olish  (PDF, 19KB)

     2014-05-16

    Прочитали: 1512

    to'liqroq
  • Matbuot anjumani

    2014 yil 27 may kuni Milliy matbuot markazida Davlat test markazi tomonidan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasi: yakun va xulosalar” mavzusidagi matbuot anjumani o'tkaziladi.

    Matbuot anjumanida Davlat test markazi rahbar xodimlari, Davlat test markazi Axborot xizmati a’zolari hamda ommaviy-axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etadilar.

     

    Yuklab olish (PDF, 7 KB)

     2014-05-16

    Прочитали: 947

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Yanvar 2017
 
DuSeChPaJuShYa
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma