DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Davlat test markazi tarixi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 11 martdagi “Respublika oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-361-sonli farmoni mamalakatimiz oliy ta’lim muassasalariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olish sohasida ta’limdagi tub islohotlarni boshlab berdi.

Dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga qabul qilish bo‘yicha eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi va 1992 yil
15 apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy o‘quv yurtlariga talabalar tanlab olish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

1993 yilda 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi.

1994 yil 14 maydagi 258-sonli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan Oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlariga abiturientlar tanlash bo‘yicha Respublika markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi.

Davlat test markazi zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish yuklatildi.

1994 yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qo‘llagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi.

O‘rta maxsus o‘quv yurtlarida test sinovlari natijalari bo‘yicha abiturientlar tanlash 1994 yilda ayrim o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, 1995 yildan boshlab esa — idoraviy bo‘ysunishidan qat’i, nazar barcha o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga joriy etildi.

2004 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, Davlat test markazi o‘z faoliyatini mazkur qaror asosida olib bormoqda.

Test tizimi 1992 yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi.

1992 yilda testlar ikki variantli (A, V) bo‘lib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar bo‘yicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abiturientlar ta’lim yo‘nalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar.

1993-1994 yillarda testlar ikki variantli (A, V) bo‘lib, kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar bo‘yicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo bo‘yicha 72 ta savollardan tashkil topgan.

1995 yilda testlar 3 variantli (A, V, S) bo‘lib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, o‘zbek tili, rus tili bo‘yicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi.

1996 yilda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari bo‘yicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi  yangi, ko‘pvariantli test tizimi yaratildi va qo‘llanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.

2009  yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi.

2010 yilda har bir abiturient uchun individual variantli test tizimiga o‘tish amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident Devoni topshiriqlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari o‘tkaziladi:

1. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 118-sonli qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun;

2. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 1 oktyabrdagi “Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish bo‘yicha chaqiruv komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 265-sonli qaroriga asosan chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston respublikasi qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 213-sonli qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun;

4. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 109-sonli qaroriga asosan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish uchun;

5. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli qaroriga asosan ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qilish uchun;

6. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga asosan bakalavriyat talabalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun;

7. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga asosan magistratura talabalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun

8. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga asosan aspirantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun;

9. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga asosan respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichi g‘oliblarini aniqlash uchun;

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 apreldagi “Davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4435-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qilish uchun;

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 iyuldagi “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-son qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasining Harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uchun.

Har yili test sinovidan o‘tayotgan respublika fuqarolari soni 750, 0 mingdan oshadi.

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma