DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Ishonch telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2015 yil 23 iyundagi 01-136a-son buyrug‘iga

1-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining “Ishonch telefoni” ish tartibi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) “Ishonch telefoni” mazkur ish tartibi “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning qabuli, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. “Ishonch telefoni” Markazning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir.

2. Ushbu ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

“Ishonch telefoni”ni texnik jihatdan ta'minlanishi – “Ishonch telefoni”ni o‘rnatish va ish holatida saqlash.

Operator – “Ishonch telefoni” orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Markaz tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs.

Jismoniy va yuridik shaxs – “Ishonch telefoni”ga murojaat etgan shaxs.

II. “Ishonch telefoni” tarmog‘ini ishlashini ta'minlash uchun

zarur ishchi kuchi va pul mablag‘lari

 

3. «Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlik Markaz devonxonasi tomonidan amalga oshiriladi. “Ishonch telefoni”dan tushgan murojaatni bevosita qabul kilish, qayd etish, tahlil etish hamda hujjatlashtirishni ta'minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.

4. “Ishonch telefoni”ning ishlashi kunning ish vaqtida ta'minlanadi. Ushbu maqsadda “Ishonch telefoni” tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi Markazning maxsus ajratilgan va tegishli ravishda jihozlangan xizmat xonasida o‘rnatiladi.

5. Markaz:

“Ishonch telefoni” ishiga mas'ul shaxs tayinlanishini;

“Ishonch telefoni”ga tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;

“Ishonch telefoni”dan olingan murojaatlar, telefon orqali so‘rovlar matnini Markaz direktoriga  taqdim etilishini; 

yozib olingan axborotni saqlanishini ta'minlaydi.

6. “Ishonch telefoni” ishi bo‘yicha umumiy rahbarlikni  amalga oshiruvchi mas'ul shaxs “Ishonch telefoni”ni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta'minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

7. “Ishonch telefoni” raqami Markazning rasmiy veb-saytiga (www.dtm.uz), shuningdek, Markaz egallab turgan hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda  faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo‘ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

 

III. “Ishonch telefoni” orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish

 8. “Ishonch telefoni”ga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99895) 1991914 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

9.“Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish aniq vaqt rejimida Operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi. 

10. “Ishonch telefoni” tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Markazga murojaat qilish, shuningdek, “Ishonch telefoni” bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibi, ya'ni murojatning davom etish vaqti besh daqiqani tashkil qilinishini tushuntiradi.

11. Ko‘rsatilgan ma'lumotlar e'lon qilingandan keyin,  Operator murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi: “Davlat test markazi”ning “Ishonch telefoni”, Sizni eshitaman”. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va Operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.

12. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxs xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak.  Aloqaning chet el yoki O‘zbekiston hududidan ekanligi aniqlanadi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Markazning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

13. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya'ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, o‘sha kunidan kechiktirmasdan Markaz direktoriga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

14. Operator har kuni soat 18-00 holati bo‘yicha “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarning yagona ma'lumotini tayyorlaydi.

15. Ma'lumotda “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi.  (2-ilova)

16. Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma'lumot keyingi kun soat 10-00 gacha Markaz direktori qabulxonasiga taqdim etiladi. 

17. Devonxona har chorakda “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni Markaz direktoriga taqdim etadi.

IV. “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash

18.  “Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni birlamchi baholash quyidagi mezonlar orqali amalga oshiriladi:

murojaatni Markaz vakolatiga tegishliligi;

boshqaruv va operativ qaror qabul qilish uchun axborotning to‘liqliligi;

murojaatda ko‘rsatilgan vajlarning ishonchliligi.

19. Operator murojaatni qabul qilish davomida jismoniy shaxsdan o‘tkazilgan suhbatda:

murojaatdagi axborotning olingan jihatlari haqida zarur ma'lumotlarni hamda qo‘shimcha ma'lumotlarni yig‘ish imkonini beruvchi manbalar doirasini aniqlashtiradi;

murojaatda ko‘rsatilgan axborotdan bexabar bo‘lgan, lekin aniq yordam ko‘rsata oladigan yoki guvoh sifatida qatnashadigan kishilarni aniqlashtirish bo‘yicha chora-tadbir ko‘rishi lozim.

V. Javobgarlik

20. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

“Ishonch telefoni” Ish tartibining

13-bandiga 1-ilova

 

“Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni qayd etish kitobi

 

t/r

Sana va vaqt

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

manzili va telefoni

Murojaat-

ning

qisqacha mazmuni

Birlamchi ko‘rib chiqish

natijasi

Ijrochi F.I.O., olganligi to‘g‘risida imzo, sana va vaqti

Murojaat-ning ko‘rib

chiqish natijasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Ishonch telefoni” Ish tartibining

15 - bandiga 2-ilova 

     

 

 ______ yil “__”  ________da tushgan murojaatlar bo‘yicha

tuzilgan yagona ma'lumot

 

“Ishonch

telefoni”

orqali tushgan murojaat raqami

Murojaat tushgan sana

Qayd etish sanasi va t/r

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

manzili va telefoni

Murojaatning

qisqacha mazmuni

Ijrochi

 

 

 

 

 

 

 

 

Yuklab olish (PDF, 2.05 Mb)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma