DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bo‘limning asosiy vazifalari

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarining tayyorgarligi hamda bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar Respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyasini o‘tkazish tartibi, talablari va mezonlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yaratish;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash bo‘yicha ta’lim tizimi boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashda ularning o‘quv reja va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish;

 davlat ta’lim standartlari va davlat talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish.

Bo‘lim faoliyatida amal qiluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:

1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli;     

2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli;

2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi  21-sonli;

2007 yil 25 oktyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasidagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 225-sonli;

2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli;

2011 yil 9 sentyabrdagi “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida”gi 254-sonli;

2011 yil 28 fevraldagi “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 50-sonli;

2011 yil 11 maydagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 130-sonli qarorlari asosida yuritadi.

 

Yuklab olish  (PDF, 10KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 188
Yakunlangan 167
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 715
Yakunlangan 715
(29.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma