DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA O‘TKAZILADIGAN TEST SINOVLARI HAQIDA

2017/2018 o‘quv yili uchun oliy harbiy ta'lim muassasalarida test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Mazkur tadbirlarda Davlat test markazi vakili, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi sifatida ishtirok etishi belgilangan nomzod pedagoglar ishtirokida amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgarishlar, test sinovi o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tarqatma material (nizom, shakl va b.)lar, o‘quv filmi, prezentatsiyalar yordamida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, joriy yilning 4 iyul kuni oliy harbiy ta'lim muassasalarida reja asosida repetitsiya o‘tkazildi. Repetitsiya jarayonida Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari hamda oliy harbiy ta'lim muassasalari mas'ul vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 5 iyul kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida ularning amalga oshiridigan ishlari, vazifalari amalda bajarib ko‘rildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchilik va yetishmovchiliklar joyida bartaraf etildi.

Hujjat topshirgan 7680 nafar abiturientlar uchun joylarda yetarli shart-sharoitga ega 11 ta bino, 27 ta qavat va 211 ta auditoriyalar test sinovlarini o‘tkazish uchun tayyor holga keltirildi. Ushbu muhim tadbirga Davlat test markazi xodimlari, 661 nafar pedagog xodimlar jalb qilinishi rejalashtirildi.

Axborot xizmati

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Noyabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 188
Yakunlangan 167
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 715
Yakunlangan 715
(29.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma