DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


HUJJATLARNI TAN OLISH VA NOSTRIFIKATSIYALASH BO‘YICHA EKSPERT KOMISSIYALARINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHLARIDA KO‘RILGAN MASALALAR NATIJALARI TO‘G‘RISIDAGI MA‘LUMOTLAR

Respublikamizda xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini  qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom» asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.

Nizomning 22-bandiga muvofiq, Davlat test markazida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Huquqshunoslik”, “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot”, “Iqtisodiyot”, “Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish”, “O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar” sohalari bo‘yicha Ekspert komissiyalari tashkil etilgan.

Sohalar bo‘yicha tashkil etilgan Ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari 2017 yilning 23-27 oktyabr kunlari Davlat test markazida bo‘lib o‘tdi. 2017 yilning oktyabr oyi davomida Ekspert komissiyalari tomonidan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 162 ta hujjat maxsus ekspertiza uchun qabul qilindi va ekspertlar tayinlanib, maxsus eksperitizadan o‘tkazishga berildi.

Shuningdek, Ekspert komissiyalari tomonidan belgilangan maxsus sinovlarni test shaklida topshirish uchun oktyabr oyida jami 197 nafar talabgor ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, shundan, 147 nafari (74,6 foizi) sinovlarda ishtirok etdi. Sinovda ishtirok etganlarning 31 nafari (21,1 foizi) ijobiy baholangan.

Ekspert komissiyalari tomonidan belgilab berilgan maxsus sinovlarni suhbat tarzida (og‘zaki) topshiradigan 81 nafar talabgorlardan arizalar qabul qilingan bo‘lib, shundan 73 nafari (90,1 foizi) suhbatda ishtirok etdi. Suhbatda ishtirok etganlarning 23 nafari (31,5 foizi)  Ekspert komissiyasi tomonidan ijobiy baholangan va ta'lim hujjatlarini nostrifikatsiyalashga tavsiya etilgan.

Shu bilan birgalikda, 2017 yilning iyun oyida amaldagi Nizomning 7-bandiga asosan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi ta'lim hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshiriladigan 29 nafar fuqarodan arizalar qabul qilingan va ularning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari 2017 yilning 27 noyabr-1 dekabr kunlari Davlat test markazida bo‘lib o‘tishini ma'lum qilamiz.

Axborot xizmati.

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 225
Yakunlangan 186
Qayta ishlash jarayonida 2
Rad etildi 37
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 729
Yakunlangan 729
(13.12.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma