DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • Diqqat! Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringi o’tkaziladi.

    Tadbir 2017 yil 5-13 iyun kunlari o’tkazilishi belgilandi. Monitoring jarayoniga jalb qilinadigan ta’lim muassasalari hududiy boshqarmalarda qur’a tashlash orqali aniqlab olinadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan AL va 7 tadan KHKlari monitoringda qatnashadi.

    Tadbirga oid zarur hujjatlar va ma’lumotlar bilan ilova orqali batafsil tanishish mumkin.

    Axborot xizmati

     2017-05-26

    Прочитали: 215

    to'liqroq
  • TA’LIM MUASSASALARI AKKREDITATSIYASI

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2006 yil 10 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2017 yil 29 mart va 3 may kunlari Davlat test markazi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yig`ilishlari bo`lib o`tdi.

    Unda jami 787 tа ta`lim muassasalarining attestatsiya natijalariga oid hujjatlari ko’rib chiqildi.

    Shu jumladan, 7 tа maktabgacha va 1 ta umumiy o`rta nodavlat ta`lim muassasasi, 6 tа ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablarining ham attestatsiya natijalariga oid hujjatlari ko’rib chiqildi. Ularning barchasiga attestatsiyadan o’tganligi to’g’rirsida xulosalar berilgan.

     Komissiya yig`ilishlarida nizom talablariga muvofiq attestatsiyadan ijobiy o`tgan 252 (ikki yuz ellik ikki)ta maktabgacha, 508 (besh yuz sakkiz)ta umumiy o`rta, 7 (yetti)ta o’rta maxsus, 2 (ikki)ta oliy, 1 (bir)ta kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda 2 (ikki)ta oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim muassasalarini akkreditatsiyalash to’g’risida qarorlar qabul qilindi.

    Hozirgi vaqtda attestatsiyadan o`tgan ushbu ta'lim muassasalariga davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida sertifikatlar berilmoqdi.

    Axborot xizmati

     2017-05-18

    Прочитали: 1832

    to'liqroq
  • Ustama haq belgilash uchun navbatdagi test sinovi o`tkaziladi

    Joriy yil 16 maydan boshlab chet tillari o`qituvchilarining oylik maoshiga ustama haq belgilash uchun test sinovi jadvalga muvofiq o`tkaziladi.

    Chet tillari o`qituvchilari test sinovidan o‘tish joyi, kuni va vaqtini mazkur saytining “Test topshirish kunini aniqlash” sahifasida ariza raqamini kiritish orqali aniqlashi mumkin.

     

    Axborot xizmati

     2017-05-16

    Прочитали: 2406

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining test sinovlari o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasalarining  professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida 2017 yil 10-29 aprel, 1-6 may kunlari test sinovlari o‘tkazildi.

    Jami 59 ta OTMlar va ularning filiallaridan 21920 nafar professor-o‘qituvchilar test sinovlarida ishtirok etdilar.

    Test sinovlari natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etiladi.

    Axborot xizmati

     2017-05-10

    Прочитали: 2000

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari e’lon qilindi

    2017 yil 18-19 aprel  kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2, С1  darajalari uchun ingliz tilidan, B2 va С1  darajalari uchun arab tilidan, B2 darajasi uchun   turk tilidan o’tkazildi.

     81 nafar talabgorlardan 34 (42,0%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 1 nafar (16,7%), B2 darajasiga 22  nafar (38,6%), С1 darajasiga 2 nafar (33,3%); arab tili bo’yicha B2 darajasiga 3 nafar (50%), C1 darajasiga 5 nafar (100%), turk tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar (100%)  ijobiy natijaga erishdlar.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

     Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.

    Axborot xizmati

     2017-05-05

    Прочитали: 2396

    to'liqroq
  • To`g`ridan-to`g`ri(maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshiriladigan ta`lim muassasalari ro`yxati

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 173-sonli Qaroriga asosan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirildi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan ro‘yxati tasdiqlangan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshirilishi belgilandi.

    QS - Quacquarelli Symonds 

    ARWU -  The Academic Ranking of World Universities

    THE - Times Higher Education

     2017-05-02

    Прочитали: 10065

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari o’tkazildi

    2017 yil 18 – 19 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2, С1  darajalari uchun ingliz tilidan, B2 va C1 darajalari  uchun   arab  tilidan, B2 darajasi uchun turk tilidan o’tkaziladi.

    18 aprel kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), - 19  aprel kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazilаdi.

    Test sinovlarida 81 nomzod ishtirok etadi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

     2017-04-17

    Прочитали: 3223

    to'liqroq
  • Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar inson manfaatlariga xizmat qiladi

    Respublikamizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta'lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimiz yoshlariga respublikamizdagi ta'lim muassasalarida sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash bilan bir qatorda xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida ham ta'lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini oshirishi uchun imkoniyatlar yaratib berilgan.

    Shuningdek, xorijiy davlatlarda ta'lim olgan fuqarolarning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidagi amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlariga, davlat ta'lim standartlariga, o‘quv reja va dasturlari mazmuni va hajmiga muvofiqligiga huquqiy baho berish hamda xorijda o‘qib olingan ta'lim hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasida yuridik jihatdan kuchga ega bo‘lishini ta'minlash maqsadida 2000 yil 25 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 283-son qarori bilan “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizom” qabul qilingan. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi 1992 yil 1 yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.

    O‘tgan davr mobaynida mazkur Nizom amaliyotda qo‘llanilishi jarayonida ma'lum o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga zaruriyat yuzaga kela boshladi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda hamda ta'lim sohasidagi islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi “Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 173-sonli Qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning eng muhimlaridan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladigan holatlar kengaytirildi. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan ta'lim muassasalarida ta'lim olgan bitiruvchilarning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshirilishi qo‘shimcha sifatida kiritildi.

    Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatimiz yoshlarini xorijiy davlatlarning ilg‘or va dunyoda tan olingan ta'lim muassasalarida bilim olishlarini rag‘batlantirish uchun xalqaro tan olingan tashkilotlarning (ARWU -  The Academic Ranking of World Universities, THE - Times Higher EducationQS - Quacquarelli Symonds) oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta'lim muassasalari tarkibi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Davlat test markazining 2017 yil 12 apreldagi qo‘shma qarori (22-Q/Q va 12-Q/Q) bilan tasdiqlandi.

    Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan yana biri, ariza beruvchining xorijiy davlatda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi ta'lim hujjatini maxsus ekspertiza natijasida salbiy xulosa bilan nostrifikatsiyalash rad etiladigan holatlarga aniqlik kiritildi. Xususan, muayyan (ijtimoiy soha, pedagogika, tarix va huquq) ta'lim yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, o‘zlashtirilgan o‘quv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori O‘zbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejaning 55 foizidan kam qismini tashkil qilsa, ekspert komissiyasi tomonidan salbiy xulosa berish mumkinligi va nostrifikatsiyalash rad etilishi belgilab qo‘yildi.

    Shuningdek, ekspertiza natijasida maxsus sinovlarni belgilash amaliyotiga aniqlik kiritildi hamda ayrim sohalarning hususiyatlaridan kelib chiqib, shu vaqtga qadar ekspert komissiyalari tomonidan maxsus sinov sifatida belgilab kelingan “O‘zbekiston tarixi” fani o‘rniga mutaxassislikka oid fanlardan maxsus sinovlar belgilash amaliyoti joriy etildi. Xususan, maxsus sinovlar ariza beruvchining diplom ilovasida mavjud bo‘lgan 3 tadan ko‘p bo‘lmagan mutaxassislik fanlari bo‘yicha, huquq va pedagogika yo‘nalishlarida esa qo‘shimcha ravishda tarix va ijtimoiy fanlardan o‘tkazilishi belgilandi.

    Respublikamizda 12 yillik (9 yillik umumiy o‘rta ta'lim + 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) ta'lim majburiy ekanligi va davlat qaramog‘ida bepul amalga oshirilishi belgilangan. Respublikamiz fuqarolari turli sabablarga ko‘ra, xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta va o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qib, tegishli ta'lim hujjatlarini olishi yoki belgilangan o‘rta ta'limni tugallamasdan 10-sinf va 11-sinflarni tugatib, ma'lum fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi baholar tabeli bilan yurtimizga qaytib kelishi mumkin. Ma'lumki, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra umumiy o‘rta ta'lim o‘z ichiga 1-9 sinflarni qamrab oladi. Aksariyat mamlakatlarda 11 yillik yoki 12 yillik o‘rta ta'lim mavjud bo‘lib, o‘rta ta'lim turi respublikamizning amaldagi qonunchiligida bo‘lmaganligi, ammo, 12 yillik majburiy ta'lim joriy qilinganligi sababli, xorijiy davlatlarning o‘rta ta'lim muassasalarida 10, 11, 12 va undan yuqori sinflarda ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari ta'lim olganlik to‘g‘risidagi baholar tabeli (ma'lumotnoma) yoki shahodatnomaga asosan tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etilgan Komissiyalar tomonidan amalga oshirilib kelingan.

    Amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi ushbu nomutanosiblikni bartaraf etish maqsadida, mazkur qaror bilan Nizomga quyidagi o‘zgartirish va qshimchalar kiritildi. Jumladan, xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

    Shuningdek, xorijiy davlatlarning to‘liq o‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta) ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar  va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan Komissiyalar tomonidan amalga oshirish amaliyoti kiritildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan xorijiy davlatlarning o‘rta ta'lim muassasalarida 10, 11, 12 va undan yuqori sinflarda ta'lim olgan talabgorlarning hujjatlari ta'lim olganlik to‘g‘risidagi baholar tabeli (ma'lumotnoma) yoki shahodatnomaga asosan tan olinadi va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi. Bunda 10 va 11-sinf bitiruvchisining ma'lumot to‘g‘risidagi hujjatlari tegishli ravishda akademik litseyning 1 va 2-bosqichini tugatganligiga hamda 12 va undan yuqori sinf bitiruvchisining hujjatlari o‘rta maxsus ma'lumotga tenglashtiriladi.

    Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi ta'lim hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilganda nostrifikatsiya guvoxnomalari rasmiylashtirib berilgan. Shu vaqtga qadar mazkur guvoxnomalarning davlat namunasi tasdiqlanmaganligi sababli, amaliyotda ayrim firibgarlar tomonidan guvoxnomalarni soxtalashtirish holatlari uchrab kelgan. Mazkur qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlardan biri sifatida xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinganda va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilganda rasmiylashtirib beriladigan guvoxnomalarning davlat namunasi tasdiqlandi. Ushbu davlat namunasidagi guvoxnomalar maxsus himoyalangan blanklarda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanishi belgilab qo‘yildi. Bu esa, amalda guvoxnomalarni qalbakilashtirish imkoniyatlarini chegaralashi bilan fuqarolarning aldanib qolishlarini oldini oladi.

    Axborot xizmati.

     2017-04-15

    Прочитали: 5789

    to'liqroq
  • Test natijalari e'lon qilinadi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandiga asosan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijasi 2017 yil 19 aprelda e'lon qilinadi.

    Axborot xizmati.

     2017-04-15

    Прочитали: 13291

    to'liqroq
  • Qabul test sinovlarida Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida jalb qilinadiganlar uchun amaliy seminar mashg‘ulotlari

    Davlat test markazi tomonidan 2017/18 o‘quv yilida ta'lim muassasalari qabulida o`tkaziladigan test sinovlarida Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan nomzodlar uchun 2017 yil 17 apreldan 30 mayga qadar amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

    Nizomlar.rar

    Vazifa ARK va DTM vakillariga.rar

    Axborot xizmati

     2017-04-13

    Прочитали: 4327

    to'liqroq
  • Diqqat! O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun

    Diqqat! O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandiga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uchun 2017 yil  8 aprel kuni test sinovlari o‘tkaziladi (jadvalga muvofiq).

    Axborot xizmati

     2017-04-04

    Прочитали: 8340

    to'liqroq
  • Test topshiriqlari strukturasi

    Test topshiriqlari strukturasi


    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 24 martdagi 9-қ/қ va 16қ/қ-sonli qo’shma qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha test topshiriqlari strukturasi tasdiqlandi. 

    Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining
    2017yil 24 martdagi  09/ққ, 16/ққ-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan

    Xorijiy tillar bo‘yicha test topshiriqlari strukturasi


    Test topshiriqlari bo‘limlari

    Chet tili (ingliz, nemis, fransuz) o‘qituvchilari uchun

    Boshqa barcha o‘qituvchilar uchun

    Matnlar soni

    Savollar soni

    Daraja

    Tekshiriladigan ko‘nikmalar

    Matn lar soni

    Savollar soni

    Daraja

    Tekshiriladigan ko‘nikmalar

    O‘qish

    2

    16

    B2

    Tanish va notanish mavzulardagi matnlarning asosiy va ayrim jihatlarini tushunish

    1

    4

    B1

    Gazeta va internet matnlari va boshqa manbalardagi tegishli fikrlarni tushunish

    Leksika va grammatik kompetensiyalar

    1

    12

    B2

    Kommunikativ vaziyatlarda murakkab grammatik va sintaktik strukturalarni hamda mavzuga oid leksikani ishlatish

    -

    24

    A2/B1

    Kommunikativ maqsadlarda zarur bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlaridan to‘g‘ri foydalana olish

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha test topshiriqlari strukturasi


    Savollar soni

    Test topshiriqlari bo‘limlari

    Kompyterning ta'minoti va ularning turlari

    MS Word-matn muharriri

    MS Excel –elektron jadvali

    MS Power Point dasturi

    Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektron pochta

    20

    4

    4

    4

    4

    4

     

    Axborot xizmati

     2017-03-31

    Прочитали: 6648

    to'liqroq
  • OTM professor-o’qituvchilari diqqatiga!

    OTM professor-o’qituvchilari diqqatiga!

    Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-sonli  qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat test markazi ning qo‘shma qaror loyihasi tayyorlandi. Shunga muvofiq oliy ta'lim muassasalarining 24000 nafarga yaqin  professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni bilish darajasini aniqlash maqsadida viloyatlarda 2017 yil 10-23 aprel kunlari, Toshkent shahrida 2017 yil 24 apreldan 6-maygacha bo‘lgan muddatda test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

    Axborot xizmati/

     2017-03-16

    Прочитали: 4056

    to'liqroq
  • Diqqat! Test sinovlari o‘tkaziladi

    Diqqat! Test sinovlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 37-bandiga asosan xalq ta'limi tizimidagi davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uchun 2017 yil 23-29 mart kunlari test sinovlari o‘tkaziladi (jadvalga muvofiq).

    Axborot xizmati.

     2017-03-14

    Прочитали: 9430

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari e’lon qilindi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari e’lon qilindi

     

    2017 yil 28 fevral – 1 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2, С1  darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun ispan,  arab, xitoy  tillaridan o’tkazildi.

     38 nafar talabgorlardan 18 (47,4%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 2 nafar (40%), B2 darajasiga 10  nafar (50,0%), С1 darajasiga 2 nafar (33,3%); arab tili bo’yicha B2 darajasiga 3 nafar (100%), xitoy tili bo’yicha B2 darajasiga 2 nafar (50%)  ijobiy natijaga erishdlar. Ispan tilidan esa B2 darajasiga hech kim ijobiy natijaga erishmadi.

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

     Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.

     2017-03-10

    Прочитали: 2393

    to'liqroq
  • NODAVLAT TA'LIM MUASSASALARI RAXBARLARI DIQQATIGA!

    NODAVLAT TA'LIM MUASSASALARI RAXBARLARI DIQQATIGA!

    Sizlarni “Faoliyati litsenziyalangan nodavlat ta'lim muassasalarida litsenziya bitimida belgilangan talab va shartlarning bajarilishi: muammo, takliflar va yechimlar” mavzusida o‘quv-amaliy seminarida ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

    Tadbir 2017 yil 15 mart kuni soat 10-00 Davlat test markazi binosida bo‘lib o‘tadi

    Manzilimiz: Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy

    Ma'lumot uchun telefon: 234-64-21

     

    Axborot xizmati

     2017-03-09

    Прочитали: 1253

    to'liqroq
  • TA’LIM MUASSASALARI AKKREDITATSIYASI

    TA’LIM MUASSASALARI AKKREDITATSIYASI

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2006 yil 10 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2017 yil 28 fevralda Davlat test markazi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

    Unda jami 420 tа davlat ta`lim muassasalarining attestatsiya natijalariga oid hujjatlari ko’rib chiqildi.

    Shu jumladan, 2 tа nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi va 2 tа ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktablarining ham attestatsiya natijalariga oid hujjatlari ko’rib chiqildi. Ularning barchasiga attestatsiyadan o’tganligi to’g’rirsida xulosalar berilgan.

     Komissiya yig`ilishida nizom talablariga muvofiq attestatsiyadan ijobiy o`tgan 148 (bir yuz qirq sakkiz)ta maktabgacha, 266 (ikki yuz oltmish olti)ta umumiy o`rta, 2 (ikki)ta kasb-hunar, 1 (bir)ta oliy, 2 (ikki)ta kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda 1 (bir)ta oliy o’quv yurtidan keyingi ta`lim muassasalarini akkreditatsiyalash to’g’risida qarorlar qabul qilindi.

    Hozirgi vaqtda attestatsiyadan o`tgan ushbu ta'lim muassasalariga davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida sertifikatlar berilmoqda.

     2017-03-03

    Прочитали: 2955

    to'liqroq
  • Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari o‘tkazildi

    Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari o‘tkazildi

    Davlat test markazi tomonidan 2017yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha  test sinovlari o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida test sinovalari natijalari hisoblandi hamda ularga taqdim etildi.

    Axborot xizmati 

     2017-02-27

    Прочитали: 2740

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o’tkaziladi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun   navbatdagi test sinovlari o’tkaziladi

    2017 yil 28 fevral – 1 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkaziladi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2, С1  darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun ispan,  arab, xitoy  tillaridan o’tkaziladi.

    28 fevral kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), - 1  mart kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazilаdi.

    Test sinovlarida 38 nomzod ishtirok etadi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

    Axborot xizmati

     2017-02-23

    Прочитали: 1793

    to'liqroq
  • Davlat test markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

    Davlat test markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O‘zbek xalqining o‘chmas tarixi va oltin merosi hisoblanmish buyuk shaxslarining hayoti va ijodini yanada chuqurroq o‘rganish va anglash maqsadida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tantanali yig‘ilish buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi hamda shoir, tarixchi va sarkarda Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan tashkil qilindi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari adabiyotshunos olimlar – Suvon Meli va Islom Yoqubov, hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura talabalari Urol Normatov va Zavqiddin Suvonovlar qatnashdilar.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlarni gapirdilar va ular ijodiga tegishli bo‘lgan she'r va g‘azallardan namunalar keltirdilar. Yosh adabiyotshunos Urol Normatovning chiqishi ham tadbir qatnashchilarida chuqur taasurot qoldirdi. 

    Uchrashuv qiziqarli munozara tarzida o‘tdi va barcha qatnashchilarga ma'naviy ruhlanish baxsh etdi. 

     

     

    Axborot xizmati

     2017-02-15

    Прочитали: 780

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI

To`g`ridan to`gri (maxsus sinovlarsiz) Nostrifikatsiyalanadigan OTMlar ro`yxati


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma