DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar

RSS
  • 2016/2017-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul test sinovlari uchun test savollari bazasini shakllantirishda foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati

    2016/2017-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga qabul test sinovlari uchun test savollari bazasini shakllantirishda foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati

    O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga 2017/2018-o‘quv yili qabuli uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha tavsiya etiladigan test savollari bazasi O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2016/2017-o‘quv yilida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar asosida shakllantiriladi.

    Yangi nashr munosabati bilan O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxatiga to‘ldirishlar kiritiladi.

    Axborot xizmati

     2017-01-19

    Прочитали: 298

    to'liqroq
  • Ustama haq olish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi

    Ustama haq olish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi

    Ustama haq olish uchun 2016 yil dekabr oyida o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi. O‘qituvchilar natijalarini quyidagi Test natijalarihavoladan bilishi mumkin. Test sinovi natijasiga muvofiq “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “leksik va grammatik kompetensiyalari” bo‘limlarining har biridan 40 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning yozma ishi natijalari qo‘shimcha e'lon qilinadi. Batafsil….

    Axborot xizmati.

     2017-01-13

    Прочитали: 1046

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o’tkazildi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun   navbatdagi test sinovlari o’tkazildi

    2017 yil 10-11 yanvar kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2, C1 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 va C1 darajasi uchun arab tilidan, B2 darajasi uchun  yapon, xitoy  koreys tillaridanan   o’tkazildi.

    10 yanvar  kuni test sinovlarining yozma qismi (“tinglab tushunish”, “o`qish”, “yozish”), 11 kuni esa test sinovlarining “suhbat” qismi o`tkazildi.

    Test sinovlarida 70 nomzod ishtirok etdi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda  (nsfla.uz).

    Axborot xizmati.

     2017-01-12

    Прочитали: 537

    to'liqroq
  • Oliy ta'lim muassasalari attestatsiyasi haqida

    Oliy ta'lim muassasalari attestatsiyasi haqida

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yilning 18 sentyabrida tasdiqlangan “2015-2016 yillarda oliy ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali”ga  muvofiq  2016 yil 12 - 24 dekabr kunlari Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent islom universitetida attestatsiya o‘tkazildi. Oliy ta'lim muassalarining 8 ta bakavlavriat ta'lim yo‘nalishi, 7 ta magistratura mutaxassisligi shuningdek, oliy ta'lim muassasalari tarkibidagi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim institutlarining 5 ta ixtisosligi,  10 ta malaka oshirish o‘quv kursi va klinik ordinaturaning 38 ta  mutaxassisligi attestatsiyaga jalb etildi. Attestatsiya komissiyasi tarkibida yuqori malakali 21 nafar professor va dotsent ishtirok etdi. 

    Axborot xizmati.

     2017-01-11

    Прочитали: 480

    to'liqroq
  • Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarga test sinovlari o‘tkaziladi

    Muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarga test sinovlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–213-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi tomonidan 2017 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Test topshiriqlari - jangovar tayyorgarlik, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik va mantiqiy savollardan iborat.

     

    Axborot xizmati

     2017-01-10

    Прочитали: 758

    to'liqroq
  • O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyasi

    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyasi

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2015-yil 30-sentyabr kuni tasdiqlangan "O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvali" asosida Respublikadagi 31 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining attestatsiyasi 2016 yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda ta’lim muassasalarining attestatsiya natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

     

    Axborot xizmati.

     2017-01-09

    Прочитали: 431

    to'liqroq
  • Oliy ta’lim muassasalari reytingiga oid

    Oliy ta’lim muassasalari reytingiga oid

    Davlat test markazida oliy ta’lim muassasalarining 2016 yil holati bo’yicha reytingini aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Buning uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, Intelektual mulk agentligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi kabi qator vazirlik va idoralardan hamda reytingi aniqlanayotgan 59 ta oliy ta’lim muassasasidan rasmiy ma’lumotlar olindi. Hozirda ushbu ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan tаhlil qilinmoqda.

     2017-01-06

    Прочитали: 1693

    to'liqroq
  • TA’LIM MUASSASALARI AKKREDITATSIYASI

    TA’LIM MUASSASALARI AKKREDITATSIYASI

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2006 yil 10 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2016 yil 4-choragida Davlat test markazi huzuridagi Akkreditatsiya komissiyasining 3 ta yig`ilishi bo`lib o`tdi.

     Komissiya yig`ilishlarida nizom talablariga muvofiq attestatsiyadan ijobiy o`tgan 215 (ikki yuz o’n besh)ta maktabgacha, 359 (uch yuz ellik to’qqiz)ta umumiy o`rta, 1 (bir)ta oliy va 2 (ikki)ta kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta`lim muassasalariga nisbatan “Akkreditatsiyalandi” degan qarorlar qabul qilindi.

    Attestatsiyadan o`tgan barcha ta'lim muassasalariga davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida SERTIFIKATlar berilmoqda.

     2017-01-03

    Прочитали: 926

    to'liqroq
  • OTMlar bitiruvchilari haqida ish beruvchilar bilan so‘rov o‘tkazildi

    OTMlar bitiruvchilari haqida ish beruvchilar bilan so‘rov o‘tkazildi

    2016 yilning noyabr-dekabr oylarida oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari malakasini baholash maqsadida ish beruvchilar bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov o‘tkazish uchun har yilgi bitiruvchilar sonining 10 foiziga teng miqdorda so’rovnoma blankalari (savolnoma va javoblar varaqlari) tayyorlandi va Mehnat vazirligiga taqdim etildi.

    O’tkazilgan so’rov natijalari tahlil qilinganidan so’ng oliy ta’lim muassasalarining 2016 yildagi reyting ko’rsatkichlariga qo’shiladi.

    Axborot xizmati.

     2016-12-30

    Прочитали: 411

    to'liqroq
  • Chet tillari o‘qituvchilarining test sinovi

    Chet tillari o‘qituvchilarining test sinovi

    Joriy yil 19-29 dekabr kunlari chet tillari o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari o‘tkazildi. Mazkur test sinovlari Qoraraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi. Test sinovlarida 7700 ortiq chet tillari o‘qituvchilari ishtirok etdi.

     

    Axborot xizmati.

     

     2016-12-29

    Прочитали: 1874

    to'liqroq
  • OTMlar talabalari bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi

    OTMlar talabalari bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi

    Joriy yilning 21-26 noyabr (Toshkent shahrida) va 12-16 dekabr kunlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda) Oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. So‘rov o‘tkazish uchun har bir ta'lim yo‘nalishidan 5 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari tanlab olindi.

    Ijtimoiy so‘rov ta'lim muassasalarida o‘qitilayotgan darslar sifatini aniqlash maqsadida (yakka yondashuv asosida) tashkil qilindi va unda 115 ta bakalavr ta'lim yo‘nalishlaridan 8411 nafar talabalar ishtirok etdi.

    So‘rov natijalari tahlil qilinganidan so’ng 2016 yil oliy ta'lim muassasalari reyting ko'rsatkichlariga qo’shiladi.

     

    Axborot xizmati

     2016-12-28

    Прочитали: 438

    to'liqroq
  • 2016/2017-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlari yakuni bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

    2016/2017-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlari yakuni bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

    2016/2017-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlariga bag‘ishlangan “2016/2017-o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlari yakunlari” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Matbuot anjumani 2016-yil 26-dekabr kuni soat 15.00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida tashkil etildi. Unda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Xakberdiev Kaxramon Kurbanovich, bo‘lim boshliqlari Baymirov Qayum SHoyimovich, Uraeva Elvira Usmanovna, Boboev Orzikul Mirzaevich (Axborot xizmati xodimlari) va bosh ekspert Sabirov SHerzod Taxirovich hamda respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Unda Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun joriy yilda o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha keng ma’lumotlar, tahlillar, ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

    Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan tahlillar, keyingi o‘zgarishlar, test sinovi o‘tkazish shakli, abiturientlarga qo‘shimcha imtiyozlar belgilash, shuningdek, o‘zlashtirilgan xalqaro tajribalar bo‘yicha savollar berildi, takliflar kiritildi. Savollarga qoniqarli javoblar berildi, taklif va maslahatlar albatta o‘rganilishi aytildi.

    Matbuot anjumani jonli va qiziqarli o‘tdi.

    Axborot xizmati

     2016-12-28

    Прочитали: 1479

    to'liqroq
  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar oily ta’lim muassasalari magistraturasida test sinovlari o‘tkazildi

    Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar oily ta’lim muassasalari magistraturasida test sinovlari o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari magistrlari va ularni tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarning malaka darajasini baholashga oid test sinovlari 2016 yil 12-16 декабр kunlari  Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazildi.

    Test sinovlariga 1811 nafar magistrantlar va 878 nafar professor-o‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1724 (95,1%) nafar magistrantlar va 788 (89,7%) nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

    Axborot xizmati

     2016-12-21

    Прочитали: 515

    to'liqroq
  • Ustama haq belgilash uchun navbatdagi test sinovi o`tkaziladi

    Ustama haq belgilash uchun navbatdagi test sinovi o`tkaziladi

    Joriy yil 19 dekabdan boshlab chet tillari o`qituvchilarining oylik maoshiga ustama haq belgilash uchun test sinovi jadvalga muvofiq o`tkaziladi.

    Chet tillari o`qituvchilari test sinovidan o‘tish joyi, kuni va vaqtini mazkur saytining “Test topshirish kunini aniqlash” sahifasida ariza raqamini kiritish orqali aniqlashi mumkin. Batafsil…

    Axborot xizmati.

     2016-12-12

    Прочитали: 2216

    to'liqroq
  • Davlat test markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Davlat test markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Davlat test markazida 2016-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – demokratik va huquqiy jamiyat qurilishida asosiy omil sifatida” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universitetining dotsenti Boboev Jahongir Ismoilbekovich ishtirok etdi. J.I.Boboev asosan qomusimizga kiritilgan o‘zgartirishlar, jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalarining tashkil etilish asoslari, norozilik kvotumlari, prezidentlik instituti mohiyati, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, parlament nazorati kabi muhim masalalar yuzasidan nutq so‘zladi. Nutq ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Tadbir davomida xalqaro konvensiyalar, shartnomalar, bitimlarni ratifikatsiya qilinishi va konstitutsion normalar, prezidentlik vazifasini bajarishga kirishish muddatlari, keyingi vaqtlarda kiritilgan o‘zgartirishlar va ularning mohiyati to‘g‘risida berilgan savollarga qoniqarli javoblar berildi.

    Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javob ruhida o‘tdi.

    Axborot xizmati

     2016-12-07

    Прочитали: 980

    to'liqroq
  • Diqqqat! Navbatdagi test sinovi

    Diqqqat! Navbatdagi test sinovi

    Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikat olish uchun navbatdagi test sinovi 2017 yil 10-12 yanvarda o‘tkaziladi. Sinovning yozma qismi 10 yanvarda, og‘zaki qismi 11-12 yanvarda o‘tkaziladi.

    Test sinovi o‘tkaziladigan joyi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot mazkur saytda 5 yanvarda e'lon qilinadi. Test sinovidan o‘tish uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Hujjatlarni ohirgi qabul qilish kuni – 2 yanvar 2017 yil.

    Axborot xizmati

     2016-12-02

    Прочитали: 2529

    to'liqroq
  • “Fuqarolarning siyosiy huquqlari: tajriba va demokratik yangilanish” mavzuida davra suhbati

    “Fuqarolarning siyosiy huquqlari: tajriba va demokratik yangilanish” mavzuida davra suhbati

    Davlat test markazida 2016-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan “Fuqarolarning siyosiy huquqlari: tajriba va demokratik yangilanish” mavzuida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur davra suhbatida Davlat boshqaruv akademiyasining katta o‘qituvchisi Abduraxmonov Ilyos Komil o‘g‘li ishtirok etdi. I.K.Abduraxmonov mamlakatda saylov qonunchiligi, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi asoslari, shuningdek, qonunchilikning davlat va jamiyatdagi o‘rni, mazmun mohiyati, uning ijrosini ta’minlash tamoyillari, mazkur sohada xorijiy tajribalar va yangiliklar, demokratik jamiyatda fuqarolarimiz siyosiy huquqlarining ustuvorligi bo‘yicha nutq so‘zladi. Nutq ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va davra suhbati ochiq muloqot ruhida hamda savol-javob tarzida o‘tdi.

    Tadbir davomida saylov prinsiplari, xorijiy mamlakatlar va mahalliy saylov komissiyalari faoliyati, byulletenlardan foydalanish, saylov kompaniyalarini moliyalashtirish, xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar huquqlari, vaqtincha xorijiy mamlakatlarda bo‘lgan fuqarolarimiz tomonidan ovoz berish tartibi, tegishli qonunchiliklardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida berilgan savollarga qoniqarli javoblar berildi.

    Suhbat yakunida I.K.Abduraxmonov va Davlat test markazi xodimlari tomonidan saylov jarayoni va siyosiy huquqlar mavzuda davra suhbatlarining yana o‘tkazilishiga kelishildi.

    Axborot xizmati

     2016-12-01

    Прочитали: 540

    to'liqroq
  • Chet tili (fransuz va nemis tillari) o`qituvchilari diqqatiga!

    Chet tili (fransuz va nemis tillari) o`qituvchilari diqqatiga!

    E`tiboringizga chet tili o`qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgiliash uchun o`tkaziladigan test sinovlari uchun “Og`zaki”  hamda “Yozma ish” savollari namunalari havola etilmoqda.

    Ushbu taqdim etilayatgan mavzular chet tili o`qituvchilariga bo`lib o`tadigan test sinovlariga tayyorlanishi uchun  samarali manbaa bo`lib xizmat qiladi degan umiddamiz. (Yuklab olish)

    Axborot xizmati

     2016-11-30

    Прочитали: 1093

    to'liqroq
  • Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari e’lon qilindi

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlari e’lon qilindi

    2016 yil 15-17 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka darajasini berish to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajasi uchun nemis,  fransuz, ispan, arab,  koreys va yapon  tillaridan o’tkazildi.

    Test sinovlarida 53  nomzod ishtirok etdi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    53 nafar talabgorlardan 37 nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 4 nafar, B2 darajasiga 33  nafar, B2 darajasiga nemis tili bo’yicha 2 nafar, fransuz tili bo’yicha 1 nafar, ispan tili bo’yicha 1 nafar, koreys tili bo’yicha 4 nafar, yapon tili bo’yicha 6 nafar, arab tili bo’yichaa 1 nafar o’qituvchi ijobiy natijaga erishdi.

    Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).

    Axborot xizmati.

     2016-11-29

    Прочитали: 998

    to'liqroq
  • Toshkent shahri oily ta’lim muassasalari magistraturasida test sinovlari o‘tkazildi

    Toshkent shahri oily ta’lim muassasalari magistraturasida test sinovlari o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari magistrlari va ularni tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarning malaka darajasini baholashga oid test sinovlari 2016 yil 21-24 noyabr kunlari Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazildi.

    Test sinovlariga Toshkent shahri bo’yicha 3346 nafar magistrantlar va 1116 nafar professor-o‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 3141 (93,9%) nafar magistrantlar va 836 (74,9%) nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

    Axborot xizmati

     2016-11-28

    Прочитали: 706

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma