DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash bo‘limi

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil  24 iyundagi 293-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risidagi Nizom”,  Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini  qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 100-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyalash va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiradi.

 

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funktsiyalarini bajarish;

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni e’tirof etish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;

ta’lim va fan sohasidan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish;

xorijiy davlatlarning ta’lim bo‘yicha organlari va xalqaro tashkilotlar bilan muntazam aloqada bo‘lish, xorijiy davlatlarning ta`lim sohasida, jumladan litsenziyalash, akkreditatsiyalash va nostrifikatsiyalash bo`yicha tajribalarini o`rganish;

xorijiy davlatlarning litsenziyalash, akkreditatsiyalash, nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish sohalaridagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, litsenziyalash hamda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish hamda apostil qo‘yish jarayonini yanada takomillashtirib borish.

 

Bo‘lim faoliyatida amal qiluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar:

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 283-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 100-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi  21-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 307-sonli qarori.

 

Yuklab olish  (PDF, 13KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 185
Yakunlangan 150
Qayta ishlash jarayonida 17
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 712
Yakunlangan 712
(22.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma