DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Ilmiy-metodik kengash

Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashi 2003 yilning dekabr oyida tashkil etilgan. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga DTM direktori va direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda yuqori malakali xodimlar kiritilgan bo‘lib, uning a'zolari 15 nafardan iborat. Kengashning shaxsiy tarkibi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ilmiy-metodik kengash a'zolarining 8 nafari (53,3%) ilmiy darajaga ega.

Ilmiy-metodik kengash Davlat test markaziga yuklangan vazifalarni ilmiy va me’yoriy-huquqiy ta’minlashning asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi.

Ilmiy-metodik kengash:

test topshiriqlarini tuzish, ularning yaroqliligini aniqlash, test materiallari mazmunining maxfiyligini saqlash, test natijalarini baholash va e’lon qilish, test sinovlarni o‘tkazish va uning natijalari xolisonaligini, ishonchliligini va adolatliligini ta’minlash;  

pedagog, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;   

uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish hamda ularning reytingini aniqlash;   

nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda litsenziya talabi va shartlari bajarilishini nazorat qilish;  

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;   

ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan tayyorlangan Davlat ta’lim standartlari va Davlat talablari, o‘quv reja va dasturlarni, o‘quvchi-talabalar bilimini baholash mezonlarini ekspertizadan o‘tkazish;  

uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni;

kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv jarayoni samaradorligi va ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid ilmiy maqolalarni;

iqtidorli yoshlarni izlash va tanlash uchun maxsus test materiallari jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha takliflarni;

respublika va xorijda testologiya, attestatsiya va akkreditatsiya hamda nostirifikatsiya masalalari bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni muhokama qiladi, xulosalar chiqaradi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi.

Ilmiy-metodik kengash “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalida  chop etiladigan materiallarni muhokama qiladi va nashr etishga tavsiya beradi.

Ilmiy-metodik kengash boshqarma va bo‘limlarning hisobotlarini eshitadi, ularni muhokama qiladi va xulosalar chiqaradi.

Ilmiy-metodik kengashning o‘tkazilgan yig‘ilishlarida 18 ta me’yoriy hujjatlar ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.  Masalan, “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”,  “Davlat test markazi xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizom”, “Davlat test markazining qog‘ozdan foydalanishni rejalashtirish, uning hisobini yuritish, tarqatish, samarali foydalanish, makulaturaga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog kadrlarni hamda tinglovchilar, talabalar va o‘quvchilarni test sinovidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”,  “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma”ga kiritilishi rejalashtirilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qaroriga asosan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari o‘quv metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining Davlat talablariga muvofiqligi bo‘yicha tezkor diagnostikasi bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotnoma muhokamasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli qarorining 4-bandi ijrosi yuzasidan magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari va ularga dars berayotgan professor-o‘qituvchilardan o‘tkazilgan test sinovlari natijasi bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotnoma muhokamasi kabi masalalar ko‘rilgan. 

Ilmiy-metodik kengash o‘z ishini “Davlat test markazining Ilmiy-metodik kengashi Nizomi” hamda Ilmiy-metodik kengashning yillik ish rejasi asosida tashkil etadi.

Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishida Kengash a’zolari qatnashadilar. Zarur hollarda Kengash yig‘ilishiga Kengash raisining qaroriga binoan tarkibiy bo‘limlarning xodimlari, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari taklif etilishlari mumkin.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari DTM buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi reja asosida har chorakda oxirgi oyning uchinchi haftasida juma kuni o‘tkazilib boriladi. Dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ilganda rejadan tashqari yig‘ilish o‘tkaziladi.

Davlat test markazining faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar Ilmiy-metodik kengashda muhokama qilinib, ma’qullangandan so‘ng, belgilangan tartibda tasdiqlanib, amaliyotga joriy etiladi. Ilmiy-metodik kengash qarorlarining ijrosi nazorat qilib boriladi.

Ilmiy-metodik kengash a’zolari

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Ismailov Jaxongir Gafurovich

Davlat test markazi direktori, Ilmiy-metodik kengash raisi

2

Xakberdiyev Kaxramon Kurbonovich

Davlat test markazi direktori o’rinbosari

3

Mirzaev Farxod Isamovich

Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalariattestatsiyasi boshqarmasi boshligi, rais o’rinbosari

4

Suparxodjayeva Sevara Zakirovna

Boshqarma boshlig’i

5

Nazarov Baysun Fayzillaevich

Bo’lim boshlig’I

6

Zakirova Maxfuza Shakirovna

Bosh ekspert

7

Baymirov Kayum Shayimovich

Bo’lim boshlig’i

8

Baratov Akmal Abdumajitovich

Bo’lim boshlig’i

9

Alimov Akbar Muxammatovich

Bo’lim boshlig’i

10

Ishanqulov Nizomjon Faysullaevich

Bo’lim boshlig’i

11

Sulaymonov Akmal Asqarovich

Bo’lim boshlig’i

12

Elmurodov Xusan Elmurodovich

Yuridik maslahatchi

13

Uraeva Elvira Usmanovna

Bo’lim boshlig’i

14

Dusnazarov Umidjon Muminovich

Bo’lim boshlig’i

15

 

Bo’lim boshlig’i

 

Ilmiy-metodik kengashi Nizomi  (DOC, 64 KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Yanvar 2017
 
DuSeChPaJuShYa
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma