DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Davlat ta'lim standartlarini ekpertizadan o‘tkazish

Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining Davlat ta'lim standartlarini ekpertizadan o‘tkazish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ma'lumot

 

Magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlarini ekspertizasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining Davlat ta'lim stanadartlari esa  Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimini rivojlantirish markazida o‘tkazildi.

Ekspertizadan o‘tkazish uchun 33 ta tayanch oliy ta'lim muassasalaridan 588 ta magistratura mutaxassisliklarining hamda 376 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarining Davlat ta'lim standartlari ekspertizaga taqdim etildi.

Ekspertizaga taqdim etilgan 588 ta magistratura mutaxassisliklari Davlat ta'lim standartlaridan barchasi ekspertizadan o‘tkazildi va ulardan 585 tasiga belgilangan tartibda tasdiqlash va ro‘yxatga olish uchun  tasdiqlash uchun tavsiya berildi. 3 ta Davlat ta'lim standariti esa tavsiya etilmadi. Ekspertizaga taqdim etilgan 376 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlaridan oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari Davlat ta'lim standartlari ekspertizadan o‘tkazildi.

Ayrim Davlat ta'lim standartlari oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoridagi nomlariga mos kelmasligi sababli ekspertizadan o‘tkazilmadi va ularning, klassifikatorga moslashtirib qayta tayyorlash to‘g‘risida taklif berildi (Toshkent davlat texnika universiteti, Milliy rassomchilik va dizayn instituti).

Toshkent davlat texnika universiteti, Milliy rassomchilik va dizayn instituti tomonidan ishlab chiqilgan ayrim bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari Davlat ta'lim standartlari oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoridagi nomlarga mos kelmasligi sababli salbiy ekspertiza xulosalari berildi va ularni klassifikatorga moslashtirib qayta ishlab chiqish yoki klassifikatorga tegishli o‘zgartirish kiritgan holda qayta taqdim etish kerakligi bo‘yicha takliflar berildi.

 Davlat ta'lim standartlarining ayrimlarini tasdiqlashga tavsiya etilmasligiga quyidagilar sabab bo‘ldi:

1. 5A130101-Xalqaro munosabatlar magistratura mutaxassisiligi bo‘yicha magistrlar JIDU va TDShIlarda tayyorlanadi. Har bir oliy ta'lim muassasasi alohida Davlat ta'lim standartini tayyorlab ekspertizaga taqdim etgan. Amaldagi “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori”ga muvofiq bitta Davlat ta'lim standarti ishlab chiqilishi va ikkala oliy ta'lim muassasasi ham ushbu Davlat ta'lim standartiga muvofiq kadrlar tayyorlashi lozim. Aks holda “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori”ga tegishli o‘zgartirish kiritilishi lozim.

2. 5A320101-Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha TDTU va TAQI tomonidan  ikkita Davlat ta'lim standarti taqdim etildi. TDTU tomonidan taqdim etilgan Davlat ta'lim standarti ekspertizadan o‘tkazilib, uni tasdiqlash va ro‘yxatga olishga tavsiya berildi. Lekin, TAQI tomonidan taqdim etilgan Davlat ta'lim standartini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ushbu magistrlik mutaxassisligi 5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi ta'lim yo‘nalishi negizida bo‘lganligi va bakalavriat ta'lim yo‘nalishining o‘quv rejasida umuman  qurilishga oid fanlar o‘tilmasligi munosabati bilan, uning negizida qurilish tarmog‘i bo‘yicha magistr tayyorlash mumkin emasligi no‘qtai-nazaridan rad etildi. Ushbu yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlash uchun  amaldagi “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori”ga tegishli o‘zgartirish kiritilishi lozim.

3. 5A630102-Ekologiya (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligining O‘ZMU tomonidan taqdim etilgan Davlat ta'lim standarti fan va ta'lim sohasida kadrlar tayyorlashni ko‘zda tutgan. Ushbu sohada kadrlar tayyorlash uchun 5A630102-Ekologiya (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi “Tabiiy fanlar” sohasiga o‘tkazilishi va sohaning nomi “Tabiiy va ilmiy fanlar” deb nomlanishi, ushbu sohada “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi ochilishi va uning negizida ushbu magistratura mutazassisligi berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi..

Magistratura mutaxassisliklari Davlat ta'lim standartlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida qo‘yidagi kamchilik va muammolar mavjudligi ko‘zga tashlandi:

1. Barcha Davlat ta'lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 10 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtish to‘g‘risida”gi 199-sonli qarorining “Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va ko‘nikmalarni ta'minlashi kerak” ligi to‘liq inobatga olinmasdan tayyorlanganligi, ya'ni fanlarning mazmuni asosan amaliy o‘qishga qaratilganligi, bakalavriatda berilgan ayrim bilimldarni takroran berish ko‘zda tutilganligi aniqlanib, ekspertiza davomida ilmiy yo‘nalishga jiddiy e'tibor berilishi ta'minlandi.

2. Mutaxassisliklar fanlari soni ayrim mutaxassisliklarda 10 tagacha qo‘yilganligi tanqidiy ruhda ko‘rib chiqilib, vaqt me'yorlari nuqtai-nazaridan hamda fanning haftalik o‘quv yuklamalarini optimalligini ta'minlash maqsadida mutaxassislik fanlari soni o‘rtacha 5 ta qilib belgilandi va unga asosan erishildi.

3. Ayrim mutaxassisliklarning Davlat ta'lim standartlari juda past saviyada tayyorlanganligi (MRDI, TDYuU, SamQXI, Soliq akademiyasi va boshqalar)ni qayd etib o‘tish lozim. Ushbu ta'lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklariga dars beradigan professor-o‘qituvchilarning mlakasini oshirish chora-tadbirlari belgilansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

4. Ayrim davlat ta'lim standartlari 2 tadan tayyorlangan holatlar ma'lum bo‘ldi. Jumladan, 5A111001-Kasb ta'limi (informatika va axborot texnologiyalari) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha NamMPI, TDPU va TDIUlari alohida DTS tayyorlashgan. Bitta DTSni tayanch oliy ta'lim muassasasi hisoblangan TATU bilan birgalikda ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi, TDAU universiteti tomonidan 2 ta  aynan bir xil DTS taqdim etilgan, ya'ni 5A230105-Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va 5A230102-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi) ekspertiza natijasiga ko‘ra ulardan ikkinchisi rad etildi.   TDPUdan 5A111001-Kasb ta'limi (muxandislik grafikasi) mutaxassisligi bo‘yicha DTS tayyorlangan lekin bu DTSning negizi Amaliy san'at grafikasiga tegishli. Bundan tashqari sohalar va tarmoqlar bo‘yicha tayyorlangan DTSlarda tarmoqlar ochib berilganligiga qaramasdan, ochilmasdan yana bitta DTS tayyorlangan holatlar ko‘plab uchradi va ularga salbiy ekspertiza xulosasi berildi, sababi soha va tarmoqlar bo‘yicha DTSlar tayyorlangandan keyin umumiy DTSni tayyorlashga zaruriyat yo‘q.

Ayrim oliy ta'lim muassasalari tomonidan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos kelmaydigan yoki mazmunan mutaxassisilikka mos kelmaydigan davlat ta'lim standartlari taqdim etildi. Ularga salbiy ekspertiza xulosasi berildi. Jumladan, MRDIdan 5A151201 – Amaliy san'at (turlari bo‘yicha) 2 ta DTS taqdim etilgan lekin ular ta'mirlash va rekonstruksiyaga qaratilganligi va turlari noto‘g‘ri belgilanganligi uchun ekspertiza natijasida rad javobi berildi, TKTIdan 4 ta DTS 5A320402-Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (sintetik dorivor moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha), 5A320402-Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi (tabiiy energiya tashuvchilar va uglerodli materiallar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha) ular ta'lim muassasasining kadrlar tayyorlash yo‘nalishiga mos emasligi, 5A321002-Oziq ovqat sanoati mashinalari, agregatlari va jarayonlari (5A320311-Oziq ovqat mashinalari va agregatlari mutaxassisligi bilan bir xil bo‘lganligi uchun), 5A310901-Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (kimyo va oziq-ovqat sohalari bo‘yicha) DTS, tayanch oliy ta'lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilganganligi, Klassifikatorda esa qavs ichida turlari belgilanmagan bo‘lsada, qavs qo‘yib turini ko‘rsatgan holda taqdim etilganligi TKTIda DTS bilan ishlayotgan mutaxassislarning DTSga qo‘yilgan talablarni bilmasligidan dalolat beradi.  O‘zMU tomonidan taqdim etilgan 5A140502-Materiallar va moddalar kimyosi (noorganik materiallar) ekspertiza natijasida mazmuni nomiga mos emasligi aniqlanib, rad javobi berildi.

5. Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta'lim standartlarining ekspertizadan o‘tkazish jarayonida “Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozimligi ko‘zga tashlandi.

 

 

Yuklab olish  (PDF, 18KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Yanvar 2017
 
DuSeChPaJuShYa
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 312
Yakunlangan 303
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 6
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 375
Yakunlangan 375
(26.12.2016 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma