DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Test sinovlari texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli qarori asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Bo‘lim ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlari uchun murakkablik darajasi ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqish hamda ilg‘or test texnologiyalarini qo‘llash uchun mas’uldir.

Bo‘limning vazifalari:

respublika ta’lim muasslariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlari uchun murakkablik darajasi ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar hamda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar olish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarining test topshiriqlari bazasini yaratish;

qobiliyatli yoshlarni izlash va tanlash tizimini takomillashtirishda ishtirok etish;

test sinovlari jarayoni uchun ilg‘or test texnologiyalarini joriy etish;

rivojlangan xorijiy davlatlarning test texnologiyalari borasidagi tajribalarini o‘rganish.

Bo‘lim faoliyat yo‘nalishlari

Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqish; test topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazish talablarini, uslubiy ko‘rsatmalarni,  test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish; test topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazish uchun  ijodiy guruhlarni tashkil etish; test topshiriqlarini tuzish va ularning ekspertizasi natijalariga ko‘ra test topshiriqlari jamg‘armasini yaratish; test materiallarini tayyorlashda qatnashadigan shaxslarni o‘qitishni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; jahon tajribasini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtirish; test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta’lim muassasalariga va boshqa muassasalarga maslahat yordamini ko‘rsatish; test sinovlari tartibotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan test materiallari mazmunining maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini bajarish

Bo‘limning vakolati doirasida huquqlari

Test sinovlariga mo‘ljallangan test materiallarini ishlab chiqish uchun ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan ta’minlangan bo‘lishi; shartnoma asosida ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari tarkibidan tanlov asosida saralab olinadigan olimlar, yetakchi pedagog-mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan, maqsadli va vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot guruhlari va ijodiy guruhlarni tuzish; shartnoma asosida ilmiy-uslubiy va axborot konsalting xizmatlarini ko‘rsatish; test texnologiyasi bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish maqsadida chet mamlakatlarga xizmat safariga borish; vazirliklar, idoralar, ish beruvchi korxona va tashkilotlardan belgilangan tartibda tegishli ma’lumotlar va hujjatlar olish; DTM ilmiy-uslubiy kengashida, bo‘lim faoliyati sohasidagi respublika va xalqaro seminarlar, konferentsiyalar, kongreslar, simpoziumlar va majlislarda ishtirok etish; test savollarini tuzish va ekspertizadan o‘tkazish uchun ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb qilish.

Bo‘lim faoliyatida amal qiluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida” gi 258-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 5-sonli “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi 293-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi  faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.

 

Yuklab olish  (PDF, 20KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2016
 
DuSeChPaJuShYa
      1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31  
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 188
Yakunlangan 167
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 715
Yakunlangan 715
(29.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma