DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Uzluksiz ta’lim tizimida professor-pedagoglar tarkibini va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli qarorida belgilangan maqsad va vazifalar asosida olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifasi xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ta’lim tizimi rahbar organlari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat.

Bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar

2012 yil mart-may oylarida xalq ta’limi tizimidagi davlat ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish uchun 14 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar,Toshkent shahri) Muvofiqlashtiruvchi, 195 ta tuman (shahar), 9685 ta ta’lim muassasalari attestatsiya komissiyalari tomonidan tizimdagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazildi va ularga tegishli malaka toifalari berildi.

2012 yil dekabr-2013 yil yanvar oylarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari amaldagi me`yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli Qo‘shma qarori bilan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 ta hududiy boshqarmalar huzurida attestatsiya komissiyalari tuzildi. Hududiy boshqarmalarda tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 20482 nafar pedagog xodimlarni malaka sinovlarini o‘tkazdi va tegishli lavozim va malaka toifalarini berish uchun hududiy boshqarmalar huzurida  tuzilgan attestatsiya komissiyalariga taqdim etildi.

 

Bo‘lim faoliyatida amal qiluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi  “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 165-sonli qarori.

 

Yuklab olish  (PDF, 11KB)

 

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 14
Yakunlangan 13
Qayta ishlash jarayonida 1
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 7
Yakunlangan 7
(26.01.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma