DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Yagona telefon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2015 yil 23 iyundagi  01-136a-son buyrug‘iga

2-ilova

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyati bo‘yicha Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni ko‘rib chiqish ish tartibi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) faoliyati bo‘yicha Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni ko‘rib chiqish mazkur ish tartibi Yagona telefon tarmog‘i orqali tushgan murojaatlarni qabuli, qayd etilishi va ko‘rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I.Umumiy qoidalar

1. Yagona telefon Markazning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo‘yicha bevosita aloqada bo‘lish vositasidir.

2. Ushbu Ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yagona telefon – jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Markazning faoliyati bo‘yicha telefon orqali murojaatlarini qabul qiluvchi texnik vosita.

Yagona telefonni texnik ta'minoti – Yagona telefonni o‘rnatish va ish holatida saqlash.

Operator – Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Markaz tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs.

Jismoniy va yuridik shaxs – Yagona telefonga murojaat etgan shaxs.

II. Yagona telefon tarmog‘ini ishlashini ta'minlash uchun

zarur ishchi kuchi va pul mablag‘lari

 

3. Yagona telefon xizmati bo‘yicha umumiy rahbarlik Markaz devonxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

Yagona telefon xizmatini tashkil etish va tizimlashtirish;

Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlilini olib borish;

tahlil natijalari va unga asosan shakllantirilgan xulosalarni Markaz direktoriga taqdim etish;

Operator ishini hamda Yagona telefon orqali kelib tushgan murojaatlarni hal etish holati bo‘yicha nazorat va monitoring ishlarini olib borish.

4. Yagona telefon orqali tushgan murojaatni bevosita qabul qilish, qayd etish hamda hujjatlashtirishni ta'minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.

5. Yagona telefon ishlashi kunning ish vaqtida ta'minlanadi. Ushbu maqsadda Yagona telefon tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi Markazning maxsus ajratilgan va tegishli ravishda jihozlangan xizmat xonasida o‘rnatiladi.

6. Markaz:

Yagona telefon ishiga mas'ul shaxs tayinlanishini;

Yagona telefon orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;

Yagona telefon orqali olingan murojaatlar, so‘rovlar matnini Markaz direktoriga taqdim etilishini;

yozib olingan axborot saklanishini ta'minlaydi.

7. Yagona telefon xizmati bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas'ul shaxs Yagona telefonni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta'minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo‘yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

8. Yagona telefon raqami Markazning rasmiy veb-saytiga (www.dtm.uz), shuningdek, Markaz egallab turgan hamma kirishi mumkin bo‘lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo‘ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo‘ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

 

III. Yagona telefon orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo‘natish

9. Yagona telefonga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 200-19-14 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

10. Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish aniq vaqt rejimida Operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o‘rtasida suhbat shaklida amalga oshiriladi.

11. Yagona telefon tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Markazga murojaat qilish, shuningdek, Yagona telefon bo‘yicha murojaatni taqdim etish tartibi, ya'ni murojaatning davom etish vaqti besh daqiqani tashkil qilinishini tushuntiradi.

12. Ko‘rsatilgan ma'lumotlar e'lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o‘zini tanishtiradi: “Davlat test markazi”ning Yagona telefoni, Sizni eshitaman”. So‘ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. Yagona telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so‘rovlari va Operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo‘ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so‘rovnoma o‘tkazadi.

13. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so‘zida mumkin bo‘lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa chet el yoki O‘zbekiston hududidanligi aniqlanadi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog‘laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so‘raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo‘lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Markazning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

14. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefoniga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya'ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so‘ng, o‘sha kundan kechiktirmasdan Markaz direktoriga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

15. Operator har kuni soat 18-00 holatiga Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarning yagona ma'lumotini tayyorlaydi.

16. Ma'lumotda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlar soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (2-ilova)

17. Murojaatlar bo‘yicha tuzilgan yagona ma'lumot keyingi kun soat 10-00 gacha Markaz direktori qabulxonasiga taqdim etiladi.

18. Devonxona har chorakda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlar tahlilini amalga oshiradi va tahlilni Markaz direktoriga taqdim etadi.

IV. Javobgarlik

19. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Yagona telefon Ish tartibining

14-bandiga 1-ilova

 

Yagona telefonga tushgan murojaatlarni qayd etish kitobi

t/r

Sana va vaqt

Jismoniy yoki yuridik shaxsning F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik shaxsning manzili va telefoni

Murojaat-ning qisqacha mazmuni

Birlamchi ko‘rib chiqish natijasi

Ijrochi F.I.O., olganligi to‘g‘risida imzo, sana va vaqti

Murojaat-ning ko‘rib chiqish natijasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yagona telefon Ish tartibining

16-bandiga 2-ilova

  

_______ yil “__” ________ da tushgan murojaatlar bo‘yicha

tuzilgan yagona ma'lumot

 

Yagona telefon orqali tushgan murojaat raqami

Murojaat tushgan sana

Qayd etish sanasi va t/r

Jismoniy yoki yuridik shaxsning F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik shaxsning manzili va telefoni

Murojaatning qisqacha mazmuni

Ijrochi

 

 

 

 

 

 

 

 

Yuklab olish (PDF, 2.05 Mb)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Febral 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma