DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar - 2017-08-02 Hammasi

RSS
  • 1 AVGUST KUNI QABUL TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 1 avgust kuni 59 oliy ta'lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi.

    Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 729 947 (2016 yilda – 663 304) nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

    O‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani tashkil etdi.

    Test sinovlarini o‘tkazish maqsadida 744 271 (2016 yilda – 676 ming) dona individual test savollari komplekti tayyorlandi.

    Test sinovlari 1 080 (2016 yilda – 889) ta binoda joylashgan maxsus 21 765 (2016 yilda – 19 830) ta auditoriyada o‘tkazildi. Davlat test markazi va tegishli xizmat organlari bilan hamkorlikda test sinovi o‘tkazish tartibiga so‘zsiz amal qilish bo‘yicha zarur choralar qabul qilindi.

    Jamoatchilik xavfsizligini ta'minlash uchun 17 317 (2016 yilda – 16 060) nafar ichki ishlar xodimlari, 1 848 (2016 yilda – 1 276) ta avtotransport vositalari (jumladan, 84 (2016 yilda – 33) ta yong‘inga qarshi ekipaj, 362 (2016 yilda – 326) dona tez tibbiy yordam  avtomashinalari) jalb qilindi.

    Test sinovlariga 11 698 (1,6 %) (2016 yilda – 5 163 (0,8%)) nafar abituriyent qatnashmadi, 2 764 (0,38 %) (2016 yilda – 714 (0,1%)) nafari test sinovi topshirish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.

    Test sinovlari jarayonida natijaga ta'sir etuvchi qoidabuzarlik holatlari qayd etilmadi. Test materiallari shu kunning o‘zida Davlat test markaziga yetkazildi.

    Axborot xizmati.

     2017-08-02

    Прочитали: 21842

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Avgust 2017
 
DuSeChPaJuShYa
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 188
Yakunlangan 167
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 715
Yakunlangan 715
(29.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma