DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar - 2017-12-04 Hammasi

RSS
  • CHET TILLARNI BILISH DARAJASINI ANIQLASH VA MALAKA SERTIFIKATLARINI BERISH UCHUN TEST SINOVLARI E’LON QILINDI

    2017 yil 21-22 noyabr  kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

    Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

    Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2   darajalari uchun ingliz tilidan, B2  darajalari  uchun    arab, koreys, xitoy va yapon  tillaridan o`tkazildi.

    79 nafar talabgorlardan 45 (57,0%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 6 nafar (60,0%), B2 darajasiga 24  nafar (50,0%), arab tili bo’yicha B1   darajasiga 1 nafar (100%), B2 darajasiga 8 nafar (61,5%), yapon tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar (100%), koreys tili bo’yicha B2 darajasiga 3 nafar (100%), xitoy tili bo’yicha 2 nafar (66,7%).

    Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

     Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.

    Axborot xizmati.

     2017-12-04

    Прочитали: 1111

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 225
Yakunlangan 186
Qayta ishlash jarayonida 2
Rad etildi 37
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 729
Yakunlangan 729
(13.12.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma