ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!
Ota-onalar va abituriyentlar iltimoslariga ko`ra 2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2017-yil dekabr oyidan boshlab Davlat test markazida repetition test sinovlarini o`tkazishni tashkil qilish rejalashtirildi.
Abituriyent mazkur repetitsion test sinovlarida qatnashish orqali nafaqat o‘z bilimini sinab ko‘radi, balki savollar kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlash, test jarayonini o`tkazisilishi bo‘yicha tartib ko`nikmalarini o`zlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Repetitsion test sinovlari Davlat test markazi binosida o`tkaziladi.
Repetitsion test sinovlarida qatnashish uchun xohlovchi abituriyentlar Davlat test markaziga murojaat q`ilishlari va +998909744837 telefon raqami orqali bog`lanishlari mumkin:
Qo`shimcha ma`lumotlar jarayon davomida e`lon qilinadi.