Davlat dasturlari

Davlat dasturlari ro‘yxati

2019-yil ‑ Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Davlat test markazi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi bo‘yicha ma'lumot:

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining tegishli bandlari ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmoni Davlat test markazining 2019 yil 18 yanvardagi 01-48-sonli buyrug‘i bilan rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashga qaratilgan Davlat test markazining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasida boshqarma va bo‘limlarga tegishli bandlar ijrosi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat dasturining 4-bandi ijrosi bajarildi:

Davlat test markazining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yarim yillik ish rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2019 yil 22 fevral kuni “Davlat test markazi korrupsiyaga qarshi” mavzuida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Muxamedjanov Omon Zokirovich, ommaviy axborot vositalari vakillari va Davlat test markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Markazning Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan 2019 yil 5 fevral kuni Jizzax davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida “Ta'lim muassasalarida Korrupsiyaga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari” mavzusidagi “Korrupsiya sifatli ta'limning kushandasi” mavzusida ma'ruza qilindi.

2019 yil 29 mart kuni Davlat test markazida “Korrupsiya - xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf” mavzusida ochiq yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Davlat test markazida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasini amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Markaz jamoatchilik kengashining yig‘ilishlarida ma'lumot berishi va kengash bilan doimiy ravishda xamkorlikda ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat dasturining 22-bandi ijrosi bajarildi:

Davlat test markazi xududini obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Boshqarma va bo‘limlarga Markaz xududini obodonlashtirish uchun yer uchastkalari ajratib berildi.

Davlat test markazida 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi, hudud tartibga keltirildi, ariqlar tozalandi, yerlar ag‘darildi, daraxt ko‘chatlari ekildi, daraxtlar butalandi va oqlandi.

Davlat test markazining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Markaz xodimlarining bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘ O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining hisob raqamiga o‘tkazildi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat test markazida 2019 yil 16 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

Markazga tegishli bo‘lgan hududda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekildi, gulzorlar barpo etildi, mavjud daraxtlarni oqlash va butash, ko‘cha hamda yo‘laklarni tartibga keltirish, ariqlarni tozalash, qurilish va maishiy chiqindilarni tashkiliy ravishda to‘plash ishlarni olib borildi.

Davlat dasturining 221-bandi ijrosi bajarilmoqda:

Bosqichma-bosqich davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimini joriy etish orqali oliy ta'lim muassasalarini o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, oliy ta'lim muassasalarini moliyaviy tartibga soluvchi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish orqali oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta'minlashni nazarda tutish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi gurhida Davlat test markazining 2019 yil 13 martdagi 84-02-571-sonli xati bilan nozod tavsiya etildi.

Davlat dasturining 222-bandi ijrosi bajarilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlandi va belgilangan tartibda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan kelishldi va Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.

Davlat test markazining 2019 yil 11 martdagi 84-01-567-son hamda 2019 yil 22 martdagi 84-01-614-son xati bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Davlat dasturining 224-bandi ijrosi bajarilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga Davlat test markazining 2019 yil 19 fevraldagi 84-01-446-son xati bilan Adliya vazirligiga takliflar taqdim etildi.

Davlat dasturining 225-bandi ijrosi bajarilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyundagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga Davlat test markazining 2019 yil 1 apreldagi 84-01-675-sonli xati bilan takliflar taqdim etildi.

2018-yil ‑ Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Davlat test markazi tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi bo‘yicha ma'lumot:

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining tegishli bandlari ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoni Davlat test markazining 2019 yil 26 yanvardagi 01-34-sonli buyrug‘i bilan rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “2017-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash bo‘yicha Davlat test markazining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va boshqarma va bo‘limlarga tegishli bandlar ijrosi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat dasturining 30-bandi ijrosi bajarildi:

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta'minlash maqsadida Davlat test markazi Jamoatchilik kengashining tarkibi tuzildi va Kengash tarkibi bo‘yicha ma'lumot  Adliya vazirligiga Markazning 2018 yil 10 apreldagi 84-01-1001-sonli xati bilan taqdim etildi.

Davlat dasturining 163-bandi ijrosi bajarildi:

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 163-bandi ijrosini ta'minlash bo‘yicha Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarining shaffofligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, test natijalarini tezkor e'lon qilishning zamonaviy mexanizmlari amalda ijro etilishini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan Davlat test markazining 2018 yil 30 martdagi 84-01-881-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi), 2018 yil 30 martdagi
84-01-882-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiga) va 2018 yil 30 martdagi 89-01-883-sonli (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklariga) xat yuborildi va belgilangan tartibda kelishuv ishlari olib borildi.

Chora-tadbirlar dasturi 2018 yil 19 aprelda Davlat test markazining
84-01-1079-son xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot uchun kiritildi.

Chora-tadbirlar dasturi ijrosining bajarilishi bo‘yicha Davlat test markazining 2018 yil 14 avgustdagi 84-01-3050-sonli hamda 22 avgustdagi
84-01-3375-sonli xatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma'lumot kiritildi.

Davlat dasturining 164-bandi ijrosi bajarildi:

Oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini 2018-2019 o‘quv yilida 2017-2018 o‘quv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga Davlat test markazining 2018 yil 16 martdagi 84-01-793-sonli xati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga takliflar taqdim etildi.

Davlat dasturining 167-bandi ijrosi bajarildi:

Ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab- quvvatlash shakllari, ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining vazifalari va funksiyalari, ularni samarali boshqarish, moliyalashtirish, moddiy- texnika ta'minoti va imtiyozlar, xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, ta'lim va amaliyot uyg‘unligini ta'minlashga oid qoidalar nazarda tutadigan “Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlandi va Davlat test markazining takliflari 2018 yil 1 fevraldagi 84-01-349-sonli xati bilan yuborilgan.

Davlat dasturining 168-bandi ijrosi bajarildi:

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga Davlat test markazining 2018 yil 1 fevraldagi 84-01-349-sonli xati bilan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilgan.

2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarning bajarilishi:

Davlat dasturining ijrosini ta'minlash yuzasidan 23 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi  ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil  1 avgustdagi “Respublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 164-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 617-sonli qarori qabul qilindi.

2016-yil – Sog`lom ona va bola yili

“2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida Markazda faoliyat olib borayotgan yosh bolalari bo‘lgan xodimlarning farzandlariga yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanmalar ajratildi. Bundan tashqari, xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlar uchun Markazning byudjetdan tashqari rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobidan moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Uzoq yillardan buyon Markazda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 4 nafar xodimga sihatgohlarda dam olishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan bir qator madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan, 2016 yil 8 fevral kuni O‘zbek xalqining o‘chmas tarixi va oltin merosi hisoblanmish buyuk shaxslarining hayoti va ijodini yanada chuqurroq o‘rganish va anglash maqsadida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Tantanali yig‘ilish buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy tavalludining  575 yilligi hamda shoir, tarixchi va sarkarda Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan tashkil qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari adabiyotshunos olimlar - Nusratilla Jumaxo‘ja va Sayfiddin Rafiddinovlar qatnashdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlarni gapirdilar va ular ijodiga tegishli bo‘lgan she'r va g‘azallardan namunalar keltirdilar. O‘zbekiston milliy universiteti magistratura talabalari Malikov Akram va Normatov Urollarning chiqishlari ham tadbir qatnashchilarida chuqur taasurot qoldirdi.  

Uchrashuv quvnoq va qiziqarli munozara tarzida o‘tdi va barcha qatnashchilarga ma'naviy ruxlanish baxsh etdi. 

Bundan tashqari 2016 yil 23-24 iyun kunlari Davlat test markazi mehnat jamoasining madaniy hordiq olishini tashkil etish maqsadida xodimlar o‘rtasida shashka sport o‘yini musobaqasini tashkil qilindi.

Musobaqa 4 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqichda markazning har bir bo‘limidan bir nafardan ishtirokchilar saralab olindi. Jami 16 (o‘n olti) nafar ishtirokchi qatnashgan 3-bosqichdan so‘ng 8 nafar qatnashchilar musobaqani davom ettirdilar. Final uchrashuvlariga 4 (to‘rt) nafar eng ilg‘or xodimlar yo‘llanma oldilar va ular o‘rtasidagi o‘zaro musobaqadan so‘ng g‘oliblar aniqlandi.

Shashka sport o‘yini bo‘yicha 1-, 2-, 3- va 4-o‘rinni egallagan xodimlariga pullik mukofotlar berildi. O‘tkazilgan tadbir Davlat test markazi xodimlari uchun madaniy hordiq bo‘ldi.

Shuningdek, har chorakda kamida bir marta turli jamoat tashkilotlari, davlat muassasasi mutaxassislari bilan Respublikamiz qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar, hukumat qarorlari ijrosiga oid qilinayotgan ishlar va dolzarb mavzularga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil qilib borilmoqda. 

2015-yil – Keksalarni e’zozlash yili

“2015 yil – Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalardan kelib chiqqan holda 9-may – Xotira va qadrlash kuni, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi bayramlari arafasida Davlat test markazida uzoq vaqt samarali mehnat qilgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan markazining sobiq xodimlari holidan xabar olindi va ular bayramlar munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarga taklif qilindi. 

2014-yil – Sog`lom bola yili

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2014 yil 22 fevraldagi 38-sonli bayoni ijrosini ta'minlash yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgatirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi, tegishli loyihalari tayyorlandi, vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

2013-yil – Obod turmush yili

2012-yil – Mustahkam oila yili

2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili

2010-yil – Barkamol avlod yili

2009-yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili

2008-yil – Yoshlar yili

2007-yil – Ijtimoiy himoya yili

2006-yil – Homiylar va shifokorlar yili

2005-yil – Sihat-salomatlik yili

2004-yil – Mehr va muruvvat yili

2003-yil – Obod mahalla yili

2002-yil – Qariyalarni qadrlash yili

2001-yil – Ona va bola yili

2000-yil – Sog`lom avlod yili

1999-yil – Ayollar yili

1998-yil – Oila yili

1997-yil – Inson manfaatlari yili

1996-yil – Amir Temur yili