E ʼ L O N!

11-04-2019 | 1209

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan koʻrib chiqish uchun 2019 yil 16-17 aprel kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida sayyor qabul oʻtkaziladi.

Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan murojaat qilishni istagan fuqarolar quyidagi manzillarga belgilangan muddatlarda murojaat qilishlari mumkin:

Sayyor qabullar:

Buxoro viloyatida - 2019 yil 16 aprel kuni soat 14:00 da Buxoro davlat universiteti binosida (Buxoro shahri, M.Iqbol koʻchasi 11-uy);
Navoiy viloyatida - 2019 yil 17 aprel kuni soat 10:00 da Navoiy davlat konchilik instituti Bosh binosida, oʻtkaziladi.