SAYYOR QABUL

30-04-2019 | 4359

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich rahbarligida Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan koʻrib chiqish uchun 2019 yil 3 may kuni Samarqand viloyatida sayyor qabul oʻtkaziladi.

Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fuqarolar quyidagi manzilga belgilangan muddatda murojaat qilishlari mumkin:

Sayyor qabul:

Samarqand viloyatida - 2019 yil 3 may kuni soat 11:00 da Samarqand davlat universiteti qoshidagi Akademik litsey binosida (Samarqand shahri, Rudakiy koʻchasi 239-uy);