@dtmxizmatbot botidan foydalanish yo‘riqnomasi

Davlat test markazi tomonidan test topshiriqlari ochiqligini ta’minlash maqsadida e-Sinov tizimi ishga tushirildi. Bu tizim orqali abituriyentlar har bir fan bo‘yicha “Test topshiriqlari to‘plami 2019” amaliy qo‘llanmalarida nashr etilgan test topshiriqlari to'plamlaridan shakllantirilgan variantni yechib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Mazkur tizim foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun telegram messenjerida ishga tushirilgan bo‘lib, tizimdan  @dtmxizmatbot  telegram bot orqali foydalanish mumkin.

Botdan foydalanish yo‘riqnomasi

Botdan foydalanish 3 bosqichni o‘z ichiga oladi:

1.    Ro‘yxatdan o‘tish;
2.    Test variantiga buyurtma berish;
3.    Test natijasini bilish.

1. Ro‘yxatdan o‘tish.

1.1. Telegram messenjerining qidirish funksiyasidan foydalangan holda @dtmxizmatbot topiladi va tizimni ishga tushirish uchun start (начать) tugmasi bosiladi.

1.2. Telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Telefon raqamini jo‘natish” tugmasi bosiladi va telegram messenjerining haqiqatdan ham telefon raqamini yuborish haqidagi so‘roviga ijobiy javob beriladi.

          

1.3. Botdan foydalanish uchun foydalanuvchiga qulay bo‘lgan til tanlanadi. Buning uchun “Tilni o‘zgartirish” tugmasi bosiladi va kerakli til tanlanadi.

2. Test variantiga buyurtma berish.

2.1. Test variantiga buyurtma berish uchun “Test variantiga buyurtma” tugmasi bosiladi.

2.2. Test varianti qaysi tilda bo‘lishi tanlanadi.

2.3. Qaysi fandan test varianti kerakligi tanlanadi.

2.4. Tanlangan fandan so`ng PDF formatda buyurtmachiga test varianti jo`natiladi. 

3. Test natijasini bilish.

Test variantini yechgandan so‘ng @dtmxizmatbot telegram botiga quyidagi formatda test varianti javobini jo‘natish lozim:

[Test varianti raqami] [Bo‘sh joy] [Test varianti javobi(30 ta)]

Masalan: 

Bunda mos ravishda bo‘sh joydan keyin kelgan 1-harf 1-testning, 2-harf 2-testning, 30-harf 30-testning javobi tarzida qabul qilinadi.

Yuborilgan ma’lumotlar “Tasdiqlash” tugmasi orqali tasdiqlangandan so‘ng natija tahlil etilib, test natijasi foydalanuvchiga yuboriladi.