Chet tilni bilish va egallash darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha matbuot anjumani

23-02-2021 | 523

2021-yil 23-fevral kuni soat 16:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Chet tilni bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha 2020-2021-yillarda o‘tkazilgan test sinovlari hisoboti va tahlili.

Ishtirokchilar:

  • Sardor Rajabov – Davlat test markazi direktori o‘rinbosari;
  • Javlonbek Nurmatov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
  • Elvira Urayeva – Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i;
  • Xusan Azizov – Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali orqali onlayn yoritiladi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati