Davlat test markazi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan test sinovlari (infografika)

02-02-2021 | 507

2020-yilda Davlat test markazi tomonidan 29 turdagi imtihon o‘tkazildi. Mazkur imtihonlarda jami ishtirok etishi belgilanganlar soni 1,6 mln. nafardan ortiqni tashkil etdi.

  1. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga tavsiyanoma berish.
  2. Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutiga qabul.
  3. Viloyat hokimlari o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari uchun seminar yakunlari bo‘yicha.
  4. Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul.
  5. Qo‘qon universitetiga qabul.
  6. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul.
  7. Bosh prokuratura akademiyasi magistraturasiga qabul.
  8. Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi harbiy akademik litseylarga qabul.
  9. Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli Temurbeklar maktablariga qabul.
  10. Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga qabul.
  11. Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qabul.
  12. Musulmonlar idorasi tasarrufidagi maxsus islom ta’lim muassasalariga qabul.
  13. Qurolli Kuchlar akademiyasiga qabul.
  14. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga qabul.
  15. Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul.
  16. Toshkent moliya instituti va Polotskiy davlat universiteti qo‘shma fakultetiga qabul.
  17. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetiga qabul.
  18. Toshkent farmatsevtika instituti va Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti qo‘shma fakultetiga qabul.
  19. Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul.
  20. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatiga qabul.
  21. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga ikkinchi mutaxassislikka qabul.
  22. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga qabul.
  23. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida qabul.
  24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun (tayanch doktorantlarga).
  25. Professional ta’lim muassasalariga qabul (kollej va texnikumlar).
  26. Chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash.
  27. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga qabul.
  28. Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash (CEFR).
  29. Ingliz tilidan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati