DAVLAT TEST MARKAZIDA HAY`AT YIG`ILISHI O‘TKAZILDI

27-09-2019 | 8296

2019-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Hay'atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning kun tartibiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ijrosini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 352-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi;

2019/2020-o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga talabalikka qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalarini tahlil etishda yuzaga kelgan muammolar va ularni kelgusida bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida keyingi o‘quv yilida test sinovlariga sifatli va yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishda normativ-huquqiy hujjatlarni yana sinchiklab ko‘rib chiqish, kiritiladigan takliflarni inobatga olib, tegishli o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish ishlari olib borish, ish unumini tezkorlik va sifat jihatdan doimiy ravishda oshirib borish, bu borada ko‘proq jamoatchilik fikrini o‘rganish, zamonaviy aloqa tizimini qo‘llash yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.


Axborot xizmati