JAMOATCHILIK KENGASHI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

27-09-2019 | 8787

2019-yilning 27-sentabr “Ochiq tadbirlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir kun tartibiga ko‘ra “Test sinovlari jarayonida shaffoflik ta'minlandimi?” mavzusiga oid jamoatchilik orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar tahlili, 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga o‘tkazilgan test sinovlari yakuni, korrupsiyaga qarshi amaliy tadbirlar mohiyati, Markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish, 2019/2020 o‘quv yili uchun bakalavr ta'lim yo‘nalishlariga o‘tkazilgan test sinovi natijalarining raqamli  tahlillari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning sifatini va samaradorligini oshirish masalalari qo‘rildi. 

Kun tartibining 1- ochiq maqomdagi masalasi ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda muhokama qilindi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi, faoliyat rejalari belgilab olindi. 

Yig‘ilish yakunida jamoatchilik, jumladan, tizimni muntazam takomillashtirib borish, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tegishli hujjatlar asosida omma orasida tushuntirish ishlarini olib borish, keyingi o‘quv yili uchun tegishli tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati