Malaka oshirish kursining ilk tinglovchilari malaka sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

26-02-2021 | 465

2021-yil 18-25-fevral kunlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va 36 soatga mo‘ljallangan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha dastlabki tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Unda 33 nafar tinglovchi ishtirok etib, bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha malaka oshirganlik haqida sertifikatga ega bo‘ldilar.

Malaka oshirish kurslari testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Unda tinglochilarga pedagogik o‘lchovlar nazariyasi asoslari bo‘yicha 8 (akademik) soat, test topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘yicha 14 soat, test topshiriqlarining sifatini testning klassik nazariyasi va zamonaviy test nazariyasi asosida tahlil qilish bo‘yicha 10 soat, shaxsning intellektual qobiliyati va psixologik barqarorligini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha 4 soat, jami 36 soat dars o‘tildi.

Ma’lumot uchun, malaka oshirish kurslari har oyda o‘tkaziladi. Hozirda mart oyi uchun qabul davom etmoqda.

Testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha o‘z malakasini oshirish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmarti