Test sinovlari uchun mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha ma’lumot

03-11-2020 | 3096

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2-13-sentabr kunlari hamda qo‘shimcha test sinovlari 17-sentabr kuni o‘zkazildi.

Bunda test sinovlariga guruh nazoratchisi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tizimidan 3 882 nafar pedagog xodimlar jalb etildi.

Davlat komissiyasini 2020-yil 19-iyuldagi 1-son bayoni bilan test sinovlariga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash bir kuniga 250 848 so‘m (daromad solig‘i chiqarib tashlaganda 218 238 so‘m) miqdorida belgilangan bo‘lib, guruh nazoratchilarining ish haqi 11  578 830 120 so‘mni tashkil etdi.


Ochiq maydonlar ijarasi uchun Botanika bog‘i, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va Paxtakor sport majmuasiga 127 592 394,68 so‘m to‘landi.


Davlat komissiyasining 1- va 3-son bayonlarida tibbiy qo‘lqop, niqob, ichimlik suvi va ruchka ichki tanlov asosida, bosh kiyim (kepka) to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni rasmiylashtirgan holda olinishiga ruxsat berilgan.

Tibbiy niqobni ichki tanlov asosida xarid qilish bo‘yicha 2 ta tashkilotdan tijorat takliflari kelib tushgan:

  1. “BETON STROYMAX” MChJ tomonidan bir dona tibbiy niqob narxi 1 100 so‘m, jami 1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 669 035 500 so‘mlik taklif;
  2. “SU SHI KUN” MChJ tomonidan bir dona tibbiy niqob narxi 900 so‘m, jami 1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 365 574 500 so‘mlik taklif.

Eng past narx va talab darajadagi sifat “SU SHI KUN” MChJ tomonidan taklif etilganligi sababli, shu tashkilot bilan bir dona tibbiy niqob narxi 900 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 1 517 305 dona tibbiy niqob uchun 1 365 574 500 so‘mlik shartnoma imzolangan.


Tibbiy qo‘lqopni ichki tanlov asosida xarid qilish bo‘yicha 3 ta tashkilotdan tijorat takliflari kelib tushgan:

  1. “UZTEXTILE EXPORT” MChJ tomonidan bir dona tibbiy qo‘lqop narxi 700 so‘m, jami 3 034 610 dona tibbiy qo‘lqop uchun 2 124 227 000 so‘mlik taklif;
  2. “ADROIT TRADER” MChJ tomonidan bir dona tibbiy qo‘lqop narxi 650 so‘m, jami 3 034 610 dona tibbiy qo‘lqop uchun 1 972 496 500 so‘mlik taklif;
  3. “MASTER KOMP” MChJ tomonidan bir dona tibbiy qo‘lqop narxi 700 so‘m, jami 3 034 610 dona tibbiy qo‘lqop uchun 2 124 227 000 so‘mlik taklif.

“MASTER KOMP” MChJ mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib bera olmasligi, “ADROIT TRADER” MChJ tomonidan taklif etilgan tibbiy qo‘lqop ko‘k rangda ekanligi, bu esa imtihonda abituriyentlar uchun turli shpargalkalardan foydalanish imkoniyatini yaratib berishi mumkinligi, shuningdek, “UZTEXTILE EXPORT” MChJ tomonidan taklif etilayotgan tibbiy qo‘lqop boshqa korxonalarnikidan sifatliroq ekanligi inobatga olingan holda, “UZTEXTILE EXPORT” MChJ bilan bir dona tibbiy qo‘lqop narxi 700 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 3 034 610 dona tibbiy qo‘lqop uchun 2 124 227 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.


Ichimlik suvini ichki tanlov asosida xarid qilish bo‘yicha 2 ta tashkilotdan tijorat takliflari kelib tushgan:

  1. “NAVRUZ INTERNATIONAL KORP” MChJ tomonidan bir dona ichimlik suvi narxi 900 so‘m, jami 1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 365 574 500 so‘mlik taklif;
  2. “SPRING WATER SERVIS” MChJ tomonidan bir dona ichimlik suvi narxi 989 so‘m, jami 1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 500 614 645 so‘mlik taklif.

Eng past narx va talab darajadagi sifat “NAVRUZ INTERNATIONAL KORP” MChJ tomonidan taklif etilganligi sababli, shu tashkilot bilan bir dona ichimlik suvi narxi 900 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 1 517 305 dona ichimlik suvi uchun 1 365 574 500 so‘mlik shartnoma imzolangan.


Ruchkani ichki tanlov asosida xarid qilish bo‘yicha 3 ta tashkilotdan tijorat takliflari kelib tushgan:

  1. “Oziq Ovqat Savdo” MChJ tomonidan bir dona ruchka narxi 330 so‘m, jami 1 517 305 dona ruchka uchun 500 710 650 so‘mlik taklif;
  2. “Dip Plastuz” MChJ tomonidan bir dona ruchka narxi 425 so‘m, jami 1 517 305 dona ruchka uchun 644 854 625 so‘mlik taklif;
  3. “AIBiznes” MChJ tomonidan bir dona ruchka narxi 420 so‘m, jami 1 517 305 dona ruchka uchun 637 268 100 so‘mlik taklif.

Eng past narx va talab darajadagi sifat “Oziq Ovqat Savdo” MChJ (O‘zbekistonda Alfa brendidagi ruchkalar ishlab chiqaruvchisi) tomonidan taklif etilganligi sababli, shu tashkilot bilan bir dona ruchka narxi 330 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 1 517 305 dona ruchka uchun 500 710 650 so‘mlik shartnoma imzolangan.


Bosh kiyim (kepka) tanlov asosida xarid qilish bo‘yicha 3 ta tashkilotdan tijorat takliflari kelib tushgan:

  1. “SHUKRIYA TEXT” MChJ tomonidan 2 turdagi kepka taklif tilgan bo‘lib, 1 dona diagonal 170 gr kepka narxi 9 000 so‘m, 1 dona bo‘z 110 gr kepka narxi 8 500 so‘m, jami 1 000 000 dona kepka uchun tegishliligi bo‘yicha 9 000 000 000 so‘m va 8 500 000 000 so‘mlik taklif;
  2. “FRATELLI DI STILE” MChJ tomonidan jami 100 000 dona kepka yetkazib berish taklif etilib, 1 dona kepka uchun 7 500 so‘m, QQS bilan 8 625 so‘mlik taklif;
  3. “BOBURXON BN NODIRXON” OK tomonidan bir dona kepka narxi 6 174 so‘m, jami 1 000 000 dona kepka uchun 6 174 000 000 so‘m, 15 % QQS bilan birga 7 100 100 000 so‘mlik taklif.

Eng past narx va talab darajadagi sifat “BOBURXON BN NODIRXON” OK tomonidan taklif etilganligi sababli, shu tashkilot bilan bir dona kepka narxi 6 174 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga), jami 1 000 000 dona kepka uchun 6 174 000 000 so‘m, 15 % QQS bilan birga 7 100 100 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.

Lekin korxona belgilangan miqdorda bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun dastlabki shartnoma bekor qilinib, qo‘shimcha kelishuv imzolangan va 6 174 so‘mdan jami 69 506 dona bosh kiyimni 429 130 044 so‘mga, 15 % qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan birga 493 499 550,60 so‘mga yetkazib bergan.

Mazkur korxona bosh kiyimlarni yetkazib bera olmagani uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan taklif etilgan korxonalar bilan ularda mavjud sondagi bosh kiyimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan:

  • “SULTON CAP” MChJ bilan bir dona kepka narxi 10 000 so‘mdan, jami 15 000 dona kepka uchun 150 000 000 so‘m, 15 % QQS bilan birga 172 500 000 so‘mlik;
  • “ULUGBEK BARACA TEXTILE” MChJ bilan bir dona kepka narxi 9 200 so‘mdan, jami 20 000 dona kepka uchun 184 000 000 so‘mlik;
  • “ELEGANT ZIYO BIZNES TEKSTIL” MChJ bilan bir dona kepka narxi 9 200 so‘mdan, jami 10 000 dona kepka uchun 92 000 000 so‘mlik;
  • “BAOYU TEKSTIL TRIKOTAJ SERVIS” MChJ bilan bir dona kepka narxi 8 350 so‘mdan, jami 75 260 dona kepka uchun 628 421 000 so‘mlik;
  • “Yengialsanoatsavdo” MChJ bilan bir dona kepka narxi 15 000 so‘mdan, jami 5 000 dona kepka uchun 75 000 000 so‘mlik;
  • “2020 MEGA SERVIS SAVDO” MChJ bilan bir dona kepka narxi 11 500 so‘mdan, jami 4 000 dona kepka uchun 46 000 000 so‘m, 15 % QQS bilan birga 52 900 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.

Kepka bo‘yicha jami imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori 1 698 320 550,60 so‘mni tashkil etgan (198 766 dona kepka uchun).


Guruh nazoratchilari hamda ushbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni sifatli tushlik bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida har bir hududda turli korxonalar bilan shartnomalar imzolangan. Bunda har bir hududda bir nechta korxonalar taklifi o‘rganilib, ichki tanlov asosida ular ichidan eng past narx va talab darajada sifat taklif etgan korxonalar tanlab olingan.

Tushlik bo‘yicha eng katta shartnoma Toshkent shahrida tuzilgan bo‘lib, 13 kunga 12 610 dona tushlik (bir martalik idish, ovqat, salat, non, suv, bulochka) ning har biriga 31 000 so‘mdan (yetkazib berish bilan birga) jami 390 910 000 so‘mga imzolangan.

Undan keyingi eng katta shartnoma Samarqand viloyatida imzolangan bo‘lib, bunda 5467 dona tushlikning har biriga 25 000 so‘mdan jami 136 675 000 so‘mlik shartnoma imzolangan.

Tushlik bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning umumiy miqdori 1 459 587 423 so‘mni tashkil etgan.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati