Matematika, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirishga oid o‘quv seminarlar

06-01-2021 | 941

2021-yil 6-yanvar kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminari qayd etilgan qarorlar ijrosiga qaratilgan va tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq matematika hamda ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tavsiya etilgan ekspertlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, mashg‘ulotlar viloyatlardagi ekspertlar uchun Zoom dasturi orqali onlayn namoyish etib borildi.

Mazkur tadbir “Umumta’lim fanlaridan Milliy test tizimi ekspertlari uchun Testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari dasturi”ga ko‘ra birinchisidir va 11-yanvarga qadar davom etadi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati