OCHIQ TADBIRLAR KUNI

28-09-2018 | 8579

2018 yilning 28 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida “Ochiq tadbirlar kuni” tashkil etildi. Ushbu tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ijrochilar hamda aholini xabardor qilish sifatini oshirish” hamda “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ning Davlat test markazida ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar va kelgusida bu boradagi ishlarni aniq mexanizmlar asosida tashkil qilishga qaratilgan ochiq davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda Yunusobod tuman prokuraturasi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari o‘z ma'ruzalari bilan ishtiroq etdilar.

Tadbirlarda Davlat test markazi xodimlariga normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirish va to‘liq rasmiylashtirish bo‘yicha keng ma'lumotlar berildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan ishlar, tezkor tadbirlar, shuningdek, muassasada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, mavzuga oid tumanda olib borilayotgan ishlar xususida videolavhalar namoyish etildi. Tadbirlar jonli musohaba ruhida o‘tdi.

Shu kuni Davlat test markazida yana bir muhim tadbir o‘tkazildi. U Prezidentimizning 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3837-son qarori ijrosini ta'minlashga bag‘ishlandi. Mazkur qarorda belgilangan talablarga muvofiq tarkibi Oliy Majlis qo‘mitasi rahbari, rahbar o‘rinbosari, boshqa xo‘jalik va davlat boshqaruvi, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ta'lim muassasalari, yoshlar ittifoqi, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlik sektori vakillari, mehnat faxriylari hisobiga shakllantirilgan Davlat test markazining Jamoatchilik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat test markazi faoliyati bo‘yicha joriy yil yakunlari tahlili o‘rganildi va tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Kengash tomonidan keyingi yil  ishlari rejalari belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida jamoatchilik fikrini o‘rganish, ular bilan aloqa sifatini ko‘tarish, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilib borilayotgan materiallar bilan muntazam tanishib borish va materiallar tayyorlash, shuningdek, bu borada tegishli tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.

 

T/r

F.I.O.

Ish joyi va lavozimi

Izoh

1.

Sadullaev Azimboy Sadullaevich

O‘zMU, kafedra mudiri.

O‘zFA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor

2.

Xasanov Abdurashid Solievich

“Olmaliq KMK” AJ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori, MARK rahbari

Texnika fanlari doktori, professor

3.

Tojiev Mamarajab

Mehnat faxriysi

Pedagogika fanlari doktori, professor

4.

Jamoldinova Odinaxon Rasulovna

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a'zosi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

5.

Tursunbaev Shuxrat Mirayimovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

6.

To‘laganov Asadulla Shukrullaevich

“Shayx-Shibliy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

 

7.

Nazarov Boysun Fayzullaevich

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh mutaxassisi

 

8.

Safarov Mamadamin Abdug‘apparovich

O‘zMTRK “O‘zbekiston 24” teleradiokanali direktori

 

9.

Qilichev Shahzod Norto‘xtaevich

“Farovon yurt” xayriya jamoat birlashmasi boshqaruvi raisi

 

10.

Ziyodilloev Ixtiyor Ismatovich

Yunusobod tuman Yoshlar ittifoqi kengashi raisi

Yunusobod tumani Xalq deputatlar kengashi
5-saylov okrugi deputati

11.

Nishonov Husan

“Ma'rifat” gazetasi bosh muharriri

 

12.

Berdiev Abdusattor Xaydarovich

“Diyor Biznes” MChJ direktori

 

13.

Abdinazarov Ulug‘bek Muyassarovich

Davlat test markazi, Test materiallarini chop etish va shakllantiish bo‘limi boshlig‘i, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi