Davlat xaridlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalari

1.    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda rioya etishi lozim bo‘lgan Odob-axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 9-apreldagi 472-son Qonuni asosida ishlab chiqilgan.
Davlat test markazi o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan tovar(ish, xizmat)lar xaridini amalga oshirish jarayonida ushbu Odob-axloq qoidalariga(keyingi o‘rinlarda “Qoidalar” deb nomlanadi) rioya qiladi.

2.    Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida quyidagi prinsiplar asosida ish yuritiladi:
davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati;
asoslanganlik;
ochiqlik va shaffoflik;
tortishuv va xolislik;
mutanosiblik;
Davlat xaridlari tizimining yagonaligi;
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi, samaradorligi;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

3.    Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish:
Davlat test markazining davlat xaridlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining a'zolari xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda o‘z ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan istalgan shaxsiy nafni bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas.
Yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar:
-shaxsiy manfaatdor emasligini, shuningdek o‘z oila a'zolarining manfaatdor emasligini kafolatlashi kerak, aks holda shaxsiy manfaatdorlik hamda boshqa ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi yoki kelishi mumkin;
-manfaatlarning istalgan potensial, taxmin qilinayotgan yoki mavjud to‘qnashuvi haqidagi axborotning oshkor etilishini kafolatlashi kerak.
Mavjud yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar topgan, yuqorida nomlari keltirilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarga xabar qilib, bir vaqtning o‘zida vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma'lumotlar olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.

4.    Kasbiy tayyorgarlikni tekshirish tartib-taomillari va unga doir talablar: Davlat xaridlarini amalga oshirishga mas'ul etib biriktirilgan xodimlar hamda xarid komissiyasi a'zolari kasbiy tayyorgarligi jihatidan o‘rnatilgan talablarga javob berishi lozim. 

5.    Davlat xaridlari jarayonida quyidagilarga:
ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar berishga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslanmagan usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari sub'ektlariga ta'sir o‘tkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qo‘yilgan talablarni oshirishga, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga;
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish yoki tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni asossiz ravishda cheklashga;
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o‘tish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga bo‘lib tashlashga;
ishtirokchilarning sun'iy tarzda pasaytirilgan narxlar bo‘yicha takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli tarzda ijro etishni rad etishiga;
davlat xaridi tarkibiga texnologik va funksional jihatdan o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritishga;
firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga;
moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi to‘g‘risida tasdiqlarga ega bo‘lmagan yoki ajratilgan mablag‘lar hajmidan ortiq miqdordagi davlat xaridlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6. Xodim tomonidan Qoidalarning buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi mumkin.

7. O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” gi qonunning 22-moddasiga muvofiq o‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablag‘lar taqsimoti, moliyaviy hisobotlar, kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi, o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolari va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi tegishli maʼlumotlar.

2020-yil 1-kvartalda  o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi Maʼlumotlar             

T/r Iqtisodiy
tasnif
bo‘yicha xarajatlar moddasi
Xarid
qilingan
tovarlar va xizmatlar
nomi
Moliyalashtirish
manbasi (byudjet/ byudjetdan
tashqari mablag‘lar xisobidan)
Xarid
jarayonini amalga oshirish turi
Lot/ shartnoma raqami Tovarlar (xizmatlar)
Xaridi maqsadlari (markaziy apparat/idoraviy
tashkilot uchun)
Xarid qilinayotgan
Tovarlar  (xizmatlar)
o‘lchov birligi (imkoniyat darajasida)
Xarid
qilinayotgan
Tovarlar  (xizmatlar) miqdori (hajmi)
Bitim (shartnoma)
bo‘yicha Tovarlar
(xizmatlar) bir birligi narxi (tarifi)
Xarid qilingan
Tovarlar
(xizmatlar) jami
miqdori (hajmi) qiymati (so‘m)
1 4252110 Toner byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5110903    Shartnoma № 4592517 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 4 4252500 17010000
2 4299990 Xavfsizlik tizimi byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5115825    Shartnoma № 4612622 tashkilot ehtiyojlari uchun to‘plam 2 4700000 9400000
3 4252110 Toner byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5118249   Shartnoma № 4619707 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 4 4536000 18144000
4 4234100 Avtomobilga (chexol, kovrik, signalizatsiya) byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5120233   Shartnoma № 4624659 tashkilot ehtiyojlari uchun to‘plam 1 9696000 9696000
5 4252110 Fotobaraban byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5124202   Shartnoma № 4631087 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 4 4800000 19200000
6 4252110 Kanselyariya Tovarlari byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Auksion Lot № 5126003  Shartnoma № 4635651 tashkilot ehtiyojlari uchun to‘plam 1 4618620 4618620
7 4252110 Skorosshivatel byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8344216 Shartnoma № 7390832 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 400 799 319600
8 4252110 Fleshkarta byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8344212 Shartnoma № 7390852 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 10 45000 450000
9 4252120 Qog‘oz А4  byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8344211 Shartnoma № 7390871 tashkilot ehtiyojlari uchun пачка 25 41500 1037500
10 4354990 Suv isitgichi byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8344221 Shartnoma № 7390956 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 1 1097000 1097000
11 4354990 Televizor byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8345779 Shartnoma № 7392446 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 1 3810000 3810000
12 4299990 Konditsionerlarni o‘rnatish byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8353576 Shartnoma № 7400469 tashkilot ehtiyojlari uchun to‘plam 2 280000 560000
13 4252110 Telefon apparati byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8376675 Shartnoma № 7515662 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 3 650000 1950000
14 4299990 Muhrlar va shtamplar ishlab chiqarish byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8395894 Shartnoma № 7569136 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 13 87800 1141400
15 4355200 Dasturiy taʼminot byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8398983 Shartnoma № 7575718 tashkilot ehtiyojlari uchun ko‘rsatilgan xizmat 1 2676000 2676000
16 4252120 Fotosurat qog‘ozi byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8408747 Shartnoma № 7591343 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 4 26710 106840
17 4252110 Panno byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8415043 Shartnoma № 7602440 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 1 1000000 1000000
18 4252110 Lagan byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8415046 Shartnoma № 7602485 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 8 550000 4400000
19 4252110 Lagan byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8415044 Shartnoma № 7602487 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 7 550000 3850000
20 4252410 Spirt byudjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan Elektron do‘kon Lot № 8425279 Shartnoma № 7627284 tashkilot ehtiyojlari uchun dona 1000 1245 1245000

 

Davlat test markaziga byudjetdan ajratilgan mablag‘larning chegaralangan miqdorining taqsimoti to‘g‘risida MAʼLUMOT                

T/r O‘z tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining nomlanishi Hisobot davri mobaynida byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lar summasi
jami shundan:
ish haqi va unga tenglashtiruvchi to‘lovlar miqdori boshqa joriy harajatlar obyektlarni loyihalashtirish, qurish,(rekonstruksiya qilish) va taʼmirlash ishlari uchun kapital qo‘yilmalar
1 Davlat test markazi  1999041000 1814687000 184354000 0