2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi!!!

16-07-2019 | 52027

Respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shundan

  • Kunduzgi ta'lim shakliga - 718 097 nafar;
  • Kechki ta'lim shakliga - 13 821 nafar;
  • Sirtqi ta'lim shakliga - 335 007 nafar

abituriyent ro'yxatdan o'tdi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi.

2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro'yxatdan o'tkazishda 14 yoshdan 87 yoshgacha bo'lgan abituriyentlar qayd etildi.

  • Eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun);
  • Eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni (87 yosh 182 kun) tashkil etdi.