2021/2022-o‘quv yili qabuliga prognoz ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi mahsulotlarni xarid qilish bo'yicha takliflarni qabul qiladi

16-06-2021 | 1346

Ko‘k sharikli ruchka – 1 506 475 dona

Mahsulotning tavsifi: Arzon, yaxshi yozadigan va uchi ingichka bo‘lmagan sharikli ruchka. Yozish paytida hech qanday dog‘ qoldirmasligi kerak. Ruchka shaffof plastikdan yasalgan bo‘lishi va sterjendagi siyohning miqdori ko‘rinib turishi kerak. 30 donadan iborat qadoqlash 40 ta qadoqdagi qutida (qutida 1200 dona)

Majburiy talab: Toshkent shahri va hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan manzillarga yetkazib berish, belgilangan joyga yuklarni tushirish.

Ichimlik suvi (gazsiz mineral suv 0,5 hajmli) - 1 500 017 dona

Asosiy shartlar - suvning tozaligi, unda begona hidlar va taʼmlarning yo‘qligi. Suvni yetkazib berish taklif qilingan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi kerak (uch kunda bir marta).

Suv quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:

Umumiy qattiqlik - 1,75-4 mg-ekv/dm3;

Umumiy minerallar - 100-200 mg/l;

Ph – 6-7;

SO4 Sulfat 5-10 mg/l;

Sa Kalsiy – 20-30 mg/l;

K Kaliy – 1-2 mg/l;

NSO2 Gidra karbonat – 75-120 mg/l;

Mg Magniy - 5-20 mg/l;

Na Natriy – 5-10 mg/l;

Cl Xlorid – 3-7 mg/l.

Majburiy talab: Toshkent shahri va hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan manzillarga yetkazib berish, belgilangan joyga yuklarni tushirish.

Tibbiy niqob - 1 500 017 dona

Tibbiy niqob (qora rangdan tashqari), bir martalik, 3 qavatli (medblaunom), rezinkali, bir upakovkada 30 dona.

Bir marta ishlatiladigan tibbiy niqob 3 qavatli, rezinkali. Oq va ko‘k. Teri uchun qulay, to‘qilmagan, yumshoq material. O‘lchamsiz. Nafas olish yo‘llarini viruslar, bakteriyalar, aerozollar va boshqa mayda zarralardan himoya qiladigan, filtrlash xususiyatlari orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimallashtirish uchun mo‘ljallangan.

Xususiyatlari: O‘lchamlari (uzunligi x kengligi): 175+-5x95+-5mm. Filtrlovchi qatlam zichligi bo‘yicha 10 balldan 5 ball. Mahsulot tasvirlari asl mahsulotdan farq qilishi mumkin.

Majburiy talab: Toshkent shahri va hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan manzillarga yetkazib berish, belgilangan joylarga yuklarni tushirish.