Abituriyentlar va ta'lim muassasalari  diqqatiga!!!

28-01-2019 | 30371

Davlat test markazi 2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirishda test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun repetitsion test materiallarini  nashr etish boshlanganligini ma'lum qiladi.

Barcha xohlovchilar o‘zlari tanlagan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlardan test topshiriqlarini bajarish orqali bilim darajalarini sinab borishlari mumkin.

Abituriyentlar, ta'lim muassasalari yoki tashkilotlar test materiallarini o‘zlariga kerakli sonda buyurtma qilishlari  uchun, avvalo diagnostika.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Shuningdek, shaxsiy kabinet orqali hamma zarur ma'lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng buyurtma qilinadigan fanlar va kitoblar soni ko‘rsatiladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar uchun shartnomalarning elektron shakli (to‘lovlar bo`limida) pdf faylda avtomatik ravishda saytda taqdim etiladi va shartnomada so‘ralgan ma'lumotlar barchasi ushbu oynada  to‘liq to‘ldirilgandan keyin shartnoma d.mansurova@dtm.uz elektron pochtasi orqali yuborilishi shart va mazkur shartnomaning qog‘oz varianti asosida buyurtmachi xohlagan bankda to‘lovni amalga oshirishi lozim. 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi abituriyentlar onlayn shartnoma, dalolatnoma hisob-fakturaning qog‘oz shakllari va to‘lov ma'lumotnomasi (kvitansiya) asosida test materiallarini Davlat test markazidan olishlari lozim.

Javoblar varaqasi Davlat test markaziga yetkazilgandan so‘ng test natijalari www.dtm.uz saytida e'lon qilinadi.

Viloyatda yashovchi abituriyentlar yoki viloyatlarda joylashgan ta'lim muassasalari Davlat test markazining viloyatdagi vakillariga murojaat qilishlari mumkin va o‘zlariga kerakli sonda shartnoma to‘lovini amalga oshirganligi haqida ma'lumotnoma (kvitansiya) nusxasi albatta d.mansurova@dtm.uz elektron pochtasi orqali DTMga yuborilgandan so‘ng test materiallari buyurtmachilarga Davlat test markazining viloyatdagi vakillarigа buyurtmachilar tomonidan onlayn shartnoma, dalolatnoma hisob-faktura va to‘lov ma'lumotnomasi  (kvitansiya) yetkazilgandan so‘ng viloyat vakillari buyurtmachilarga tarqatadilar. Murojaat uchun Davlat test markazining viloyatdagi vakillari telefonlari www.dtm.uz saytida e'lon qilingan.

Javoblar varaqasi viloyat vakillari orqali Davlat test markaziga yetkazilgandan so‘ng test natijalari www.dtm.uz saytida e'lon qilinadi.

Davlat test markazida repetitsion test sinovlarida qatnashish uchun talabgor individual ravishda onlayn ro‘yxat orqali o‘z ma'lumotlarini kiritadi va onlayn shartnomaning qog‘oz nusxasi orqali to‘lovni amalga oshiradi. Talabgor belgilangan kun va vaqtda test sinovlarida qatnashish uchun onlayn shartnomaning qog‘oz nusxasi, dalolatnoma hisob-faktura va to‘lov ma'lumotnomasi (kvitansiya) bilan Davlat test markaziga yetib kelishi lozim (sana va vaqt diagnostika.dtm.uz saytida abituriyentning shaxsiy kabinetida e'lon qilinadi).

1 ta repetitsion test jamlanmasi (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) 12000 so‘m.

Davlat test markazida repetitsion test sinovlari yordamida yangi shaklantirilgan test topshiriqlarini aprobasiyadan o‘tkazish ham belgilandi. Davlat test markazida va  Toshkent shahrida joylashgan ta'lim muassasalarida markaz xodimlari tomonidan o‘tkazilgan repetitsion test sinovida yuqori natijaga erishgan test topshiruvchilar bepul aprobasiyaga taklif etiladilar.

Shuningdek, 2019/2020 o‘quv yilida o‘tkaziladigan test sinovlarida ishlatilishi rejalashtirilayotgan va takomillashtirilayotgan test materiallari (test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi) ham aprobatsiya qilinadi.

Aprobatsiya o‘tkaziladigan sana va vaqt diagnostika.dtm.uz saytida hamda aprobasiya natijalari shaxsiy kabinet orqali e'lon qilinadi.

Murojaat uchun telefon : +99871 234 97 91 

Murojaat qilish vaqti: dushanba-juma, (09:00-18:00, tushlik 13:00-14:00) 

shanba va yakshanba dam olish kuni.