Andijon va Namangan viloyatlarida sayyor qabul

27-04-2021 | 308

Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar Andijon va Namangan viloyatlarida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar Andijon viloyatida 28-aprel kuni:

  • 13:00 da – Buloqboshi tumani, “Uchko‘cha” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 3-umumta’lim maktabida;
  • 15:00 da – Andijon shahridagi joylashgan Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyida;

Namangan viloyatida 29-aprel kuni:

  • 10:00 da – Namangan shahri, “Zarafshon” mahalla fuqoralar yig‘inidagi 41-umumta’lim maktabida;
  • 12:00 da – Namangan tumani, “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 26-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati