Apellatsiya arizalari elektron shaklda qabul qilinadi

16-07-2020 | 899

2020-yil 7-9-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari natijalari 15-iyul kuni e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori bilan test natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalari natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida qabul qilinishi belgilangan.

Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli apellatsiya arizalari nafl@dtm.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Buning uchun talabgorlar apellatsiya uchun arizani nafl@dtm.uz elektron pochtasiga yuborishlari lozim.

Talabgorlar apellatsiya uchun ariza namunasini shaxsiy kabinet (https://dtm.uz/page/cefr)laridan olishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati