AXBOROT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

11-01-2019 | 1834

2019 yil 10 yanvar kuni Davlat test markazida “Tashkilotlarda axborot xavfsizligini ta'minlash” masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar Davlat test markazining mazkur mavzu doirasida "Texnik ko'maklashish markazi" davlat unitar korxonasiga murojaatiga asosan tashkil etildi. Unda "Texnik ko'maklashish markazi" davlat unitar korxonasi vakili Rahimov Muhammad Abdurahmon o‘g‘li o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida axborot xavfsizligi muammosi, axborot xavfsizligiga tahdid, axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosati va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma'ruza qilindi. Shuningdek, seminar axborot xavfsizligi doirasida tahdidlar turlari, axborot xavfsizligining buzilish sabablari, ayniqsa xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar, ma'lumotlarning chiqib ketish texnik kanallari hamda himoyaning asosiy elementlari bo‘yicha qizg‘in munozara ruhida o‘tdi.

Yuqori darajada qiziqarli o‘tgan seminarda ishtirokchilar tomonidan turli muhim va dolzarb savollar berildi va ularga batafsil javoblar olindi.

Yakunda bu kabi dolzarb mavzuda uchrashuvlarni ko‘paytirishga kelishib olindi.

 

 

 Axborot xizmati