Biologiya fanidan test natijalari yuzasidan

21-07-2021 | 4277

2021-yil 9-10-iyun kunlari kimyo, matematika, biologiya hamda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihonlar o‘tkazilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda biologiya fanidan test savollari chiqib ketganligi, turli o‘quv markazlari tomonidan test savollari ma’lum miqdor evaziga sotilganligi to‘g‘risida turli fikrlar bildirilganligi sababli Davlat test markazi murojaatiga asosan mazkur holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu sababli biologiya fanidan test natijalari huquqni muhofaza qilish o‘rganlari tomonidan tegishli o‘rganish ishlari yakunlangandan so‘ng, ularning xulosasi asosida e’lon qilinadi.

Bunda, milliy sertifikat natijalari oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘xatga olish jarayoni yakunlangandan so‘ng e’lon qilingan taqdirda ham, biologiya fanidan sertifikatga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash imkoniyati beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kimyo, matematika hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test natijalari va talabgorlarning test sinovida ko‘rsatgan natijalari hududlar kesimida e’lon qilingan (kimyo, matematika, ona tili va adabiyot).

 

Davlat test markazi matbuot xizmati