Biz kelajagimizga – ovoz beramiz

08-11-2019 | 2389

2019-yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” umumshiori ostida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik doirasida 8-noyabr kuni Davlat test markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida o‘tkazilib, xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish hamda saylov qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilish kabi muhim masalalarga bag‘ishlandi.

“Biz kelajagimizga – ovoz beramiz” shiori ostida tashkil etilgan davra suhbatida Markaziy saylov komissiyasining eksperti, yuridik fanlari nomzodi Paluaniyazov Xolmuxammad Aytjanovich, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi sektori mudiri Xomitov Ravshan Xomitovich, Davlat test markazi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xodimlarga saylovchilarning yagona ro‘yxati, saylash va saylanish huquqlari, shaffoflik, tenglik, muddatidan oldin ovoz berish tartibi, saylovga doir yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar hamda ishonchli vakil, kuzatuvchilar, ovozlarni sanash va e’lon qilish, shuningdek, Xalq demokratik partiyasining dasturidan o‘rin olgan masalalar tahlili bo‘yicha keng tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati qiziqarli va qizg‘in savol-javob tarzida o‘tdi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati