Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz!

12-02-2021 | 871

2021-yil 11-fevral kuni Olmazor tumanidagi 106-son Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida she’riyat mulkining sultoni mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz!” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich ham ishtirok etdi.

Tadbir maktab-internati o‘quvchilarining sahna ko‘rinishlari, mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azallari, o‘quvchi qizlarning ajoyib raqslari va kuy-qo‘shiqlar bilan ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Ayniqsa, mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi sahna ko‘rinishlari orqali ajoyib tarzda gavdalantirilgani barchaga manzur bo‘ldi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati