Chet tili bilimdonlari tanlovi

05-03-2021 | 572

Davlat test markazi tomonidan yoshlarning chet tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va eng bilimlilarini munosib taqdirlash maqsadida “Chet tili bilimdonlari” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lish uchun talabgorlar Davlat test markazi tomonidan 24-26-mart kunlari o‘tkaziladigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatishlari lozim.

Bunda imtihon natijalariga ko‘ra B1, B2 va C1 tilni bilish darajalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 1 nafardan talabgorlar g‘olib deb topiladi.

Har bir daraja bo‘yicha 1 nafardan g‘olib deb topilgan jami 3 nafar talabgorning barchasi planshet bilan taqdirlanadi.

Bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘olib bo‘ling!

 

Davlat test markazi matbuot xizmati