Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

28-04-2021 | 571

2021-yil 27-28-aprel kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va fransuz tillaridan A2, B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Unda jami 1413 nafar talabgordan 1374 nafari ishtirok etdi, 39 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 3-4-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati