Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi - Deutshes sprachdiplom (DSD)

06-02-2019 | 1653

2019 yil 4 fevral kuni Davlat test markazining chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasiga Deutshes sprachdiplom konsultant koordinatori, chet eldagi nemis tili maktablari rahbari Barbara Dambolt tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Davlat test markazi chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshligʻi S.Radjabov, boʻlim boshligʻi E.Urayeva, DTM ekspertlari N.Yusupova hamda G.Xafizovlar qatnashdilar.

S.Radjabov tomonidan boshqarma faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.

Barbara Dambolt oʻz oʻrnida Deutshes sprachdiplom toʻgʻrisida, uning oʻtkazish vaqtlari, tuzilmasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Ishtirokchilar tomonidan Deutshes sprachdiplom toʻgʻrisida qiziqtirgan savollarga javoblar olindi.

Tomonlar kelajakda hamkorlik qilishga va memorandum loyihasini ishlab chiqib rahbariyatga taqdim etishga kelishib olishdi.