DAVLAT TЕST MARKAZI DIRЕKTORI OʻZI TAʼLIM OLGAN MAKTABGA TASHRIF BUYURDI

27-03-2019 | 799

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich 2019 yil 26 mart kuni oʻzi taʼlim olgan Shayhontohur tumani Huvaydo maxallasidagi 169-sonli maktabga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʻqituvchilar jamoasi va oʻquvchilar bilan suhbatlashdi hamda oʻz kitob javonidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar sovgʻa qildi.

Bunday tashabbus Prezidentimizning jamiyatda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishni targʻib qilish yuzasidan jonkuyarligi, yoshlarimizni chuqur bilim olishga, boy tariximiz, madaniyatimiz toʻgʻrisida chuqur bilimga ega boʻlishi boʻyicha chaqiriq bilan chiqishi mevasidir, albatta.

Kitob bitmas xazinadir. Bu haqda “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” deb yozgan edilar buyuk mutafakkir Navoiy hazratlari. Haqiqatan ham jamiyatning maʼnaviy qudrati, xalqimiz kelajagining buyuklikka daxldorligi maʼrifatlilik, taʼlim-tarbiya darajasi bilan oʻlchanadi. Bu yoʻlda barcha birdek harakatlanmogʻi, ayniqsa rahbar xodimlar oʻrnak boʻlishi darkor. Zero, Prezidentimiz alohida taʼkidlaganlaridek, “Har bir rahbar oʻzining shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bu yaxshi tashabbus boʻlib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi”