Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ochiq muloqot

28-04-2021 | 365

Ma’lumki, Davlat test markazi tomonidan har hafta Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Hozirga qadar Youtube, Facebook va Telegram orqali ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Navbatdagi ochiq muloqot 2021-yil 30-aprel kuni soat 15:00 da Davlat test markazining “Instagram”dagi rasmiy sahifasi orqali o‘tkaziladi.

Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Savollarga Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich va mutaxassislar tomonidan javob beriladi.

Ochiq muloqot uchun havola: https://instagram.com/dtmuzb.

Ochiq muloqot vaqti: 2021-yil 30-aprel soat 15:00.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati