Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

05-03-2021 | 472

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish, test texnologiyalarining zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish va xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda bilimlarni baholashning milliy tizimini ishlab chiqish uchun quyidagi umumta’lim fanlari bo‘yicha (o‘zbek va rus tillarida) oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:

  • fizika;
  • matematika;
  • kimyo;
  • biologiya;
  • ingliz tili;
  • geografiya.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

  • mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
  • ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
  • mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish;
  • pedagogik o‘lchovlar va testologiyaga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
  • sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
  • test topshiriqlarini tuzish metodikasi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda test_tex@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Hujjatlar 20-martga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati