Diagnostik test sinovlari (infografika)

04-03-2021 | 489

Davlat test markazi tomonidan har hafta payshanba kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkazib kelinmoqda.

Test sinovida ishtirok etish orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda va test topshiriqlari kitobi hamda javoblar varaqasi bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishmoqda.

Mazkur xizmatdan 2 xil usulda foydalanish mumkin:

  1. Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlariga kelib, test sinovi topshirish.
  2. Test materiallarini olib ketib, ishlab bo‘lgandan so‘ng, o‘z natijasini bilish uchun qayta taqdim etish (buyurtma).

O‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali har hafta mazkur xizmatdan foydalanishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati