Diagnostik test sinovlari to‘xtatiladi

31-05-2021 | 550

Davlat test markazi tomonidan joriy yilning yanvar oyida 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ushbu test sinovi doirasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har hafta diagnostik test sinovlari tashkil etilib, abituriyentlar o‘z bilimini sinab ko‘rish va test materiallari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lib kelmoqda edilar.

Alohida ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yaqinlashayotganligi va Davlat test markazida ish hajmi oshganligi sababli, diagnostik test sinovlari joriy yilning iyun oyidan boshlab to‘xtatiladi.

Lekin bunga qadar diagnostik test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 31-may kuni 17:00 gacha my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari va to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati